|
ILMIY XABARDORLIK KOMPETENSIYASI
|
bet | 26/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1ILMIY XABARDORLIK KOMPETENSIYASI
atrofimizdagi olam bilan bog‘liq bo‘lgan axborotning ahamiyatini tushuntiradi;
o‘rganilayotgan asosiy tushunchalar: axborot, algoritm, model - va ularning xususiyatlari haqida tasavvurini shakllantiradi;
o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini o‘zi anglaydi, o‘quv faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qiladi;
to‘plam, to‘plam elementi, qism to‘plam, tegishlilik, to‘plamlar kesishmasi va birlashmasi, ta’rif, aksioma, teorema, isbot kabi tushunchalardan tayanch darajada foydalanadi;
mulohazalarning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini ko‘rsatayotgan misollarni keltiradi;
natural son, tub va murakkab sonlar, sonlar bo‘linishi, butun son, oddiy kasr, o‘nli kasr, ratsional son, arifmetik kvadrat ildiz, irratsional son kabi tushunchalardan foydalanadi;
ratsional sonlar va maxsus ko‘rinishdagi irratsional sonlar ustida amallarni bajaradi; sonlarni taqqoslaydi;
sonlarni yaxlitlaydi; oddiy va o‘nli kasrlar ko‘rinishdagi sonlarni tartiblaydi;
natural va manfiy butun darajalarni o‘z ichiga olgan sonli ifodalar qiymatlarini hisoblashlarda murakkab bo‘lmagan almashtirishlarni bajaradi;
butun ifodalarning murakkab bo‘lmagan almashtirishlarni bajaradi:
qavslarni ochadi, o‘xshash hadlarni keltiradi, umumiy ko‘paytuvchini qavsdan tashqariga chiqaradi;
ifodalarning qiymatlarini hisoblashlarni soddalashtirishda, qisqa ko‘paytirish formulalardan foydalanadi;
kasr-chiziqli va kvadrat ildizlarni o‘z ichiga olgan ifodalarning murakkab bo‘lmagan almashtirishlarni bajaradi;
sonning standart ko‘rinishi tushunchasidan foydalanadi;
tenglik, sonli tenglik, tenglama, tenglama ildizi tushunchalaridan foydalanadi;
amaliy va boshqa o‘quv predmetlardagi masalalarni yechishda chiziqli, kvadrat tenglama va tengsizliklarni tuzadi va yechishning analitik va noanalitik usullaridan (masalan , “sinashlar usuli") foydalanadi;
ustunli va doiraviy diagrammalar, ma’lumotlar jadvallari, o‘rta arifmetik, mediana, sonli qatorning eng katta va eng kichik qiymati, tarqoqligi, tushunchalaridan tayanch darajada foydalanadi;
atrofdagi jarayonlarni ifodalaydigan jadval va diagramma ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarlarni o‘qiydi, tushuntiradi va almashtiradi, atrof-muhitda tasodifiy ravishda o‘zgaradigan miqdorlarni, jumladan o‘lchash natijalarini ko‘radi;
kompyuter dasturlari va Internetda ishlash jarayonida axborot etikasi talablariga va qoidalariga amal qiladi;
maqsadga muvofiq yo‘qolgan axborotlarni izlaydi, individual qismlarni solishtiradi.
|
| |