• O‘qitish metodi
  • Ta’lim modeli
  • Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil




    Download 6,48 Mb.
    bet28/33
    Sana06.10.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #273777
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

    KASBGA YO‘NALTIRISH
    Ijtimoiy tarmoq administrator;
    Kopirayter;
    Sahifalovchi;
    Shaxsiy yordamchi;
    Youtube-mutaxassisi;
    Call-markaz operatori;
    Rassom / Illyustrator shu turdagi kasblarni boshlang‘ich tushunchalarini egallaydilar.


    2. O‘quv dasturining mazmuni mos keladigan samarali usullarini tanlash va interfaol metodlarni qo‘llash
    O‘qitish metodlari. Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim metodlarini o‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo‘li, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash g‘oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyati, o‘quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir.
    Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo‘nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi. Shunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko‘ra ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
    O‘qitish metodi o‘qitish jarayonida o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini echishga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining tartibli bir-biriga bog‘langan faoliyatini anglatadi1.
    O‘qitish metodlari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining qanday bo‘lishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini xamda shu jarayonda o‘quvchilar qanday ish xarakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
    O‘qitish metodlari o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi xisoblanadi. Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta’limning maqsad va vazifalarini o‘quv materialining muayyan mazmunini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishga erishib bo‘lmaydi.
    Ta’lim modeli – ta’lim jarayoni tuzilmasidir. Ta’lim modellari ikki turga ajratiladi:

    • An’anaviy ta’lim modellari

    • Noan’anaviy ta’lim modellari

    Noan’anaviy ta’lim modellarini quyidagilarga ajratish mumkin:

    • Hamkorlikda o‘rganish

    • Modellashtirish

    • Tadqiqot

    An’anaviy dars muayyan muddatga mo‘ljallangan ta’lim jarayoni bo‘lib, ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan mavzuga kirish yoritish, muxokama qilish va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
    An’anaviy ta’lim metodlari:
    - hikoya, tushuntirish, laboratoriya, suxbat, mashq, amaliy....
    - to‘rt pog‘onali metodlar kiradi.
    Noan’anaviy ta’lim metodlari:
    - Kichik guruxlarda ishlash metodi;
    - Bahs munozara metodi;
    - Davra suhbati metodi;
    - Ishbob o‘yin;
    - Loyihalash;
    - Yo‘naltiruvchi matn;
    - Muammoli vaziyat;
    - Aqliy xujum;
    - Rolli o‘yin.

    Download 6,48 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil

    Download 6,48 Mb.