|
An’anaviy ta’lim metodlari
|
bet | 29/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1An’anaviy ta’lim metodlari:
Hikoya – uncha katta bo‘lmagan, ta’riflovchi xarakterga ega bo‘lgan o‘quv materialini monologik hikoya qiluvchi, xabar beruvchi bayon.
Tushuntirish – bayon qilinayotgan turli holatlarni taxlil qilish, tushuntirish izoh berish va isbotlash yordamida o‘quv materialini bayon qilish.
To‘rt pog‘onali metod – amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonining to‘rt pog‘onasi dorasida kechadigan metoddir. Bu metod quyidagi bosqichlardan iborat:
Tushuntirish;
Nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish;
Ko‘rsatilgan tarzda qaytarish;
Mashq qilish.
To‘rt pog‘onali metodning asosiy belgisi – o‘quvchilarning xarakatlari o‘qituvchi ko‘rsatib bergan xarakatlar doirasi bilan cheklanganligidir.
Mashq – o‘qitish uslubi bo‘lib, o‘tilgan materialni amaliyotda qo‘llash maqsadida, reja bilan tashkil etilgan amallarni ko‘p marotaba bajarishdir.
Suhbat – o‘qitish va o‘qishning dialogik, savol javob usuli.
Munozara – faol ta’lim uslubi bo‘lib, muxokama ma’lum muammo bo‘yicha fikr almashinuv ko‘rinishida o‘tadi.
Aqliy hujum (breynstorming) – g‘oyalarni generatsiya qilish usuli bo‘lib, bunda qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni echishga xarakat qiladilar, uni echish uchun shaxsiy g‘oyalarni ilgari suradilar (generatsiya qiladilar).
Namoyish – ta’lim oluvchilarni tabiiy holatda xodisalar, jarayonlar, ob’ektlar bilan ko‘rgazmali tanishtirishga qaratilgan. Bu metod ta’lim beruvchi tomonidan bayon qilinayotgan ilmiy, nazariy bilimlarni ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirish uchun ularning sezgi organlari – eshitish, ko‘rish, hid bilish va ta’m bilish, teri sezgilarining bir ob’ektga alohida-alohida yoki bir necha sezgi a’zolarini bir yo‘la safarbar qilishga imkon beruvchi metoddir.
Kitob bilan ishlash metodi kitob ustida ishlash, olingan bilimlarni xotirada qayta tiklash, bilimlarni saqlashga qaratilgan metoddir.
Kitob bilan ishlashning insert metodi ta’lim oluvchiga yangi axborotni noma’lum yoki tushunarsiz, yoki e’tiroz bildirish lozim bo‘lganlarga ajratib, baholash imkonini beradi. O‘qish jarayonida o‘quv materialining har bir satr boshi yoki qismining mazmuni baxolanib, xulosa varaqning chap tomoniga qalam bilan maxsus belgi qo‘yib boriladi.
|
| |