|
«Media» - lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma’noni anglatadi
|
bet | 21/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1«Media» - lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma’noni anglatadi. Media uzluksiz ta’lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli o‘tilishi va o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto, video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan do‘stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi.
Media-savodxonlik an’anaviy yozma va bosma matn formatidan tashqariga chiqib, zamonaviyroq manbalarni o‘rganishga o‘tmoqda. Media-savodxonlikning ayrim misollari qatoriga televizor, video o‘yinlar, fotosuratlar va audio xabarlar kiradi, lekin ular bilan cheklanmaydi. Media-savodxonlik ta’limi odamlarga xabarlarni tanqidiy tahlil qilish uchun qabul qiluvchi media qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan vositalarni taqdim etadi, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga ommaviy axborot vositalari haqidagi tajribalarini kengaytirish imkoniyatlarini taqdim etadi va o‘zlarining media-xabarlarini tayyorlashda ijodiy qobiliyatlarni oshirish uchun ommaviy axborot vositalarining qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi
Mazkur jarayonda Media ta’lim o‘qituvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatib, dunyoqarash, intellektual salohiyatining rivojlanishiga zamin yaratadi.
Hisob-kitoblarga qaraganda har bir foydalanuvchi kuniga Internetdan foydalanish uchun ko‘plab vaqt ajratar ekan. Biroq bugungi kun talabiga ko‘ra esa boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi zarur axborot va ma’lumotlarni keraksiz va yaroqsiz, soxtalaridan ajrata olish, ya’ni mediasavodxonlikka ega bo‘lishini taqazo etadi.
Bugungi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining mediasavodxonlik bo‘yicha bilimlari ijtimoiy tarmoqlarda, televideniyada bu axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon o‘qituvchini o‘ziga - bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? - degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondasha olishi lozim.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, medialoglar media va mediatexnologiyalarni o‘rganib chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bo‘lganlar:
1. Dastlabki media - yozuv;
2. Bosma media - bosma nashrlar, litografiya, fotografiya;
3. Elektrik media - telegraf, telefon, ovozli yozuv;
4. Mass-media - kinematograf, televideniya;
5. Raqamli media - kompyuter, Internet.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia va AKT vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘qituvchilar berilayotgan materiallarni kurish asosida qabo‘l qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30% oshadi. Bunga qushimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.
Bu mediatexnologiyalar bir-birini to‘ldirib boradi va undan foydalanib darslarida qo‘llagan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari zamonaviy o‘qituvchilardan biri hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Media» - lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma’noni anglatadi
|