• Khan Academy
  • Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil




    Download 6,48 Mb.
    bet18/33
    Sana06.10.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #273777
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
    Bog'liq
    3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

    Elektron testlar o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashda keng foydalaniladigan elektron ta’lim resursidir. Elektron testlar yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar bilimini haqqoniy baholashi va vaqt unumdorligiga erishishi mumkin.

    Elektron ta’lim resurslari ichida jadal rivojlanib kelayotgan tur bu elektron ta’lim plaformalari (ETP) yani sayt va portallar hisoblandi. ETP masofaviy ta’limni tashkil etish, shuningdek, resurslardan barcha birdek foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu bevosita elektron ta’lim resurslari samaradorligining oshishini taminlaydi. ELP elektron ta’lim resurslarining mantiqiy bog’langan yaxlit majmuasini o‘qituvchi va o‘quvchilarga taqdim etadi.
    1. Elektron ta'lim resurslariga videolarni, PDF hujjatlarini, slayd-shoularni va matnli hujjatlarni kiritish mumkin. Ushbu resurslar mavjudligi tufayli har bir inson yangi bilimlarni mustaqil o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi. Onlayn kurslar ko'pincha Learning Management Systems (LMS) platformalari orqali yaratiladi. Bu esa o'quv materialini barqaror sur'atda yetkazib berish imkonini taqdim etadi. LMS platfromalari orqali yaratilgan kurslarda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish oson va qulaydir. Ular ko'pincha o'quvchilarga o'z bilimlarini sinab ko'rishlari va qo'llashlari uchun interfaol materiallarni taqdim etadi. Misol sifatida Skillshare va Udemy keltirish mumkin. Elektron ta’lim resurslariga yana bir misol onlayn repititorlik hizmatlaridir. MyTutor va TutorHub kabi veb-saytlar tufayli endi istalgan fan bo'yicha onlayn repetitorlardan foydalanish mumkin. Darslar Skype va Zoom kabi video aloqa platformalari orqali amalga oshirilsa materiallar ijtimoiy tarmoqlar yoki bulutli saqlash platformalari orqali o’quvchilarga yetkazish mumkin.
    Elektron ta’lim resurslarini o’zida saqlovchi xalqaro ta’lim platformalari:
    Coursera (https://www.coursera.org/) – MOOC platformalarining yuzi hisoblanadi. Ushbu platforma 2012 yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi birinchilardan bo’lmasada, to’g’ri tanlangan o’qitish strategiyasi hamda tijoriy profil tufayli bugungi kunda onlayn ta’limning yetakchisiga aylandi. 190 dan ortiq ta’lim muassasa professor-o’qituvchilari platforma resurslari bilan ishlaydi.


    Khan Academy (https://khanacademy.org/) platformasi boshqa MOOCS lardan farqli ravishda, ta’limga interaktivlik va o’yin texnologiyalarini qo’llagan, o’z vaqtida birinchilardan bo’lgan mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma 36 dan ortiq tillarda (o’zbek tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslarni to’plagan. Ushbu platformada 100ming dan ortiq interfaol misollar va topshiriqlar mavjud. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatlarda qo’llaniladi va hozirgi kunda 74 milliondan ortiq foydalanuvchilar platformadan foydalanadilar. Eng asosiy jihati, maktab fanlaridan to’liq dasturlar va ko’plab darslar, shuningdek, ota-onalar yosh bolalari bilan shug’ullanishi uchun tayyor metodikalar joylashtirilgan.


    Download 6,48 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil

    Download 6,48 Mb.