|
Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil
|
bet | 19/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1L ektorium (https://www.lektorium.tv/ ) – notijorat loyihasi bo’lib, ommaviy onlayn ochiq kurslar formatida o’quv materillarini yaratadi. Shuningdek videodarslarni suratga olib, joylashtiradi. Ushbu platforma maktab o’quvchilari, abituriyentlar, mutaxassislar, ota-onalar uchun turli o’quv dasturlar va darslarni taqdim etadi.
EdX (https://www.edx.org/) Garvard va Massachusets texnologiya instituti tomonidan 2012 yilda tashkil etilgan bo’lib, dunyo bo’yicha barcha ta’lim oluvchilar uchun yuqori sifatli kurslarni taklif etadi. Platformada Massachusets texnologiya instituti tomonidan o’quvchilar uchun mexanika bo’yicha kurs ochilgan. Uning maqsadi o’quvchilarga murakkab fizika mavzularini tushunishga yordam berish va ularga mustaqil ravishda yechim toppish edi. Bu kurs o’rta maktab o’quvchilariga DAK imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishga yordam beradi. Laboratoriya uchun virtual laboratoriyalarini joylashtirilganligi kursni yana ham qiziqarli qiladi. Kurslar bepul, faqatgina sertifikat olish uchun pul to’lanadi.
Udemy (https://www.udemy.com/) – ma’lum bir mavzu bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallash uchun ajoyib vosita. Udemyda nafaqat o’rganish, balki o’z darslarini joylash orqali pul ishlash imkoniyati ham mavjud. Shu sababli platformada 20000 dan ortiq kurslar va 4 mln ga yaqin foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tgan. Kurslar pullik va bepul, kursni tugatgandan so’ng ta’lim oluvchilarga sertifikat rasmiylashtiriladi.
2. Xalq ta’limi tizimida ta’limni raqamlashtirish jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan elektron ta’lim resurslarini o‘zida jamlagan bir qancha saytlar va portallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun fanlar yuzasidan ko‘plab qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
X alq ta’limi tizimidagi elektron ta’lim resurslari mavjuda sayt va portallar:
3. uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti. Sayt xalq ta’limiga oid so‘ngi yangiliklarni, huquqiy normativ hujjatlarni, sohadagi bo‘sh ish o‘rinlarini, statistik ma’lumotlarni, ota-onalar, pedagoglar va o‘quvchilar uchun kerakli hujjatlarni o‘zida jamlagan. Shuningdek, sayt orqali Xalq ta’limi vazirligining eduportal.uz elektron resurslar platformasiga o‘tish imkoniyati taqdim etilgan.
www.maktab.uz – 1-11-sinflar uchun onlayn umumtaʼlim maktabi bo‘lib oʻquv dasturi boʻyicha videodarslar va boshqa materiallarni o‘zida jamlagan. Platforma har bir o‘quvchiga eng yaxshi o‘qituvchilardan ta'lim olish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu bilan birga doimiy rivojlanitirib borilmoqda. Platforma materiallaridan maktab o‘quvchilari va ota-onalari va o‘qituvchilar maktab dars jarayonida foydalanishi mumkin. Maktab.uz – bu masofaviy ta'limning to‘laqonli ekotizimini taqdim etganligi bilan ahamiyatlidir.
library.ziyonet.uz – Respublika ta’lim tizimining turli bosqichlari uchun elektron resurslarni o‘zida jamlagan platforma hisoblanadi. Platforma orqali o‘quv jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan audio va elektron manbalarni yuklab olishingiz mumkin. Shuningdek, platforma o‘qituvchilar o‘z ustida mustaqil ishlashlariga yordam beruvchi metodik va o‘quv qo‘llanmalarning katta jamlanmasini taqdim etadi.
dr.rtm.uz – Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan taqdim etilgan va elektron ta’lim resurslarining keng jamlanmasini o’zida saqlovchi platforma hisoblanadi. Unda asosan yangi avlod darsliklari bilan bog’liq resurslarni topish mumkin. Foydali jihatlaridan biri dars uchun kerakli bo‘lgan materiallarning jamlanmasini palatforma taqdim etadi. Ular sarasiga darslik, taqdimot, video rolik, metodik material, qo‘shimcha manbalar va boshqalarni kiritish mumkin.
Xalq ta’limi tizimidagi elektron ta’lim resurslarning asosiy qismi ko‘rib o‘tilgan sayt va platformalarda mavjud bo‘lib. ulardan foydalanish bepul. Foydalanish jarayonida ayrim qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Jumladan, Maktab.uz va library.ziyonet.uz ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq.
Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda darslarni tashkil qilish va o‘tkazish hozirgi kunning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodga ta’lim berishda hozirgi tezkor zamonda yangiliklarni yetkazishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - axborotni mustahkamlash, uni qayta ishlash va axborot almashish (uzatish, tarqatish, oshkor etish) bilan ta’minlaydigan texnologiyalar to‘plamidir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining vositalari deganda mikroprosessor, kompyuter texnologiyalari asosida ishlaydigan dasturiy ta’minot, dasturiy ta’minot, apparat-texnika vositalari va qurilmalar, shuningdek, ma’lumotlarni uzatish, axborot almashish, yig‘ish, ishlab chiqarish, to‘plash, saqlash va saqlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradigan zamonaviy vositalar va tizimlar tushuniladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash, uzatish va mahalliy va global kompyuter tarmoqlarining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
|
| |