|
Dars mashg‘ulotining dasturining pasporti
|
bet | 2/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 40,35 Kb. | | #159908 |
Bog'liq Ishchi dasturDars mashg‘ulotining dasturining pasporti
1.1.Mutaxassis tayyorlashda dasturning o‘rni
O‘quvchilar shaxsiy kompyuterni ichki va tashqi qurilmalarni bilishi, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi, foydalanish tartibini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishini tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shaklllantirish.
1.2. O‘quv fanining maqsad va vazifalari
1.2.1. O‘quv fanining maqsadi:
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash fanining maqsadi o’quvchilarga qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, chorva mahsulotlarini yetishtirishning ayrim muammolari, istiqboli, meva-sabzavot, go’sht va go’sht mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, sut va sut mahsulotlarini konservalash texnologiyasi, baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi to’g’risida bilimlar berish hisoblanadi.
1.2.2. O‘quv fanining vazifasi:
O‘quvchilarga fanni o‘qitish jarayonida quyidagi bilimlarni berish vazifasi yuklatiladi:
-meva – sabzavotlarni kimyoviy tarkibini;
-xomashyoga birlamchi ishlov berish;
-mollarni semizlik darajasini aniqlay bilish;
-so’yilgan mollarning go’sht to’qimasi, skeleti va muskulaturasini bir-biridan ajrata bilish;
-go’shtning mikroflorasini aniqlay olish;
-texnika havfsizligi va ehtiyotkorlik qonun-qoidalarga rioya qila bilish;
-mollarni go’sht kombinatlaridan qabul qilib olishda ayrim hisob-kitob ishlarini olib borish;
-sut mahsulotlaridan konservalar ishlab chiqarish;
-fermer xo’jaliklari tasarrufidagi kichik korxonalarda chorva mahsulotlaridan konservalar tayyorlash texnologiyasini ko’rish;
1.3.Mashg‘ulot natijalari va mazmuniga qo‘yiladigan talablar
Fanni o‘qitish natijalariga ko‘ra o‘quvchilar quyidagi bilimlarni o‘zlashtirishlari, bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari talab etiladi:
-meva sabzavotlardan sharbatlar ishlab chiqarishni, kontsentratsiyalangan tomat mahsulotlari va tomat souslari, quritilgan meva, uzum va sabzavotlar ishlab chiqarishni;
-chorva mahsulotlarini yetishtirishning ayrim muammolarini yecha olishni va ayrim tadbirlar ishlab chiqishni;
-hayvon go’shtlarini va go’sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasi nazoratidan o’tkazish tadbirlarini ishlab chiqarishni;
|
| |