|
Tasdiqlayman” Yakkabog’ 3-son kasb hunar maktabi deriktori: I. Jo’rayev “ ” 2021
|
bet | 1/24 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 480 Kb. | | #270867 |
Bog'liq ISHCHI DASTUR MOHINUR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
QASHQADARYO VILOYATI HOKIMLIGINING KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
“TASDIQLAYMAN”
Yakkabog’ 3-son kasb hunar
maktabi deriktori:__________ I.Jo’rayev
“___________”___________________ 2021
“ TARIX “ fani
ISHCHI O’QUV DASTURI
Tayyorlov yo’nalishi: 3.51.05.01 – Avtomobillarni ta'mirlash chilangari
Tayyorlov yo’nalishi: 3.51.05.04 – Avtomabillarning taqsimlash qutisini qismlarga ajratish va yig’ish chilangari
Tayyorlov yo’nalishi: 3.62.01.01. – Qishloq xo’jaligi mashinalarini ta’mirlash chilangari
Tayyorlov yo’nalishi: 3.54.05.01. – Qurilish materiallari ishlab chiqarish operatori
Tayyorlov yo’nalishi: 3.53.06.01.--Payvandlovchi (Eelektrogazpayvandlash ishlari)
Tayyorlov yo’nalishi: 3.53.10.08--Tikuvchi
Tayyorlov yo’nalishi: 3.51.06.07—Elektrik
Tayyorlov yo’nalishi: 3.51.02.07—Elektromantyor
Tayyorlov yo’nalishi: 3.52.01.01—Raqamlarni aborotlarni qayta ishlash ustasi
Yakkabog’ 2021 y
Tushuntirish xati
Ushbu tarix fanidan tuzilgan ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo’lib,1917-yildan to hozirgacha bo’lgan davr voqea va tafsilotlarini o’z ichiga oladi. O’rta umumta’lim maktablaridagi “Jahon tarixi” va “O’zbekiston tarixi” fanining bevosita davomi hisoblanadi. Hozirgi kunda kasb-hunar maktablari oldida har tamonlama kamol topgan, faol turmushga tayyor, kasb-hunarlarni egallagan,yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat katta ma’suliyat turibdi. Shu ma’suliyatni bajarishda tarix faning o’rni juda katta. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.”Jahon tarixi”ni o’rganish orqali biz turli mamlakatlar iqtisodiyoti, ijtimoiy–siyosiy hayoti va madaniyatini o’rganamiz va o’z tajribalarimizda foydalanamiz. Bu vazifani muvafaqiyatli ado etishda ” O’zbekiston tarixi”ning o’rni va ahamiyati g’oyat darajada beqiyosdir. Hozirgi kunda Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev aytganidek rivojlangan Yangi O’zbekistonni qurish oldimizdagi dolzarb vazifadir.Shu o’quv fani vositasi yosh yigit –qizlarimizni o’tmishda yashab o’tgan ulug’ va buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar qilib tarbiyalashda va ularni komil inson, hayotda o’z o’rniga ega kadrlar qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
O’quv dasturdagi “Jahon tarixi” faniga 70 soat ajratilgan bo’lib,Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarining borishi, bu urushlarning dunyo mamlakatlari hayotiga qanday ta’sir o’tkazgani,Xalqaro tashkilotlar faoliyati, dunyo mamlakatlarining bugungi kungacha bo’lgan rivojlanish bosqichlari o’rganiladi.
Mazkur o’quv dasturida “O’zbekiston tarixi” faniga 70 soat ajratilgan bo’lib, 1917-yildan hozirgacha bo’lgan O’zbekistondagi siyosiy o’zgarishlar,aholining iqtisodiy-ijtimoiy hayoti,madaniy sohadagi o’zgarishlar haqida ma’lumotlar beriladi.
O’quv dasturda tarix faniga 140 soat ajratilgan bo’lib ,49soat mustaqil ish berilgan.
I kursga 100 soat dars, 39 soat mustaqil ish agratilgan,II kursga 40 soat dars ,10 soat mustaqil ish ajratilgan.
O’quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari, o’zlashtirish natijasiga qo’yiladigan talablar.
Maqsadi: O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirish
|
| |