|
JAHON TARIXIFANI bo’yicha yangi DTS talablari
|
bet | 21/24 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 480 Kb. | | #270867 |
Bog'liq ISHCHI DASTUR MOHINURJAHON TARIXIFANI bo’yicha yangi DTS talablari
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.)foydalana olish;
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qilish;
ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish,halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: kompetensiya
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
orasta kiyinish,yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
|
| |