O‘pka emfizemasi kasalligida DJTni qo‘llash




Download 6,32 Mb.
bet60/173
Sana19.03.2017
Hajmi6,32 Mb.
#341
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173
O‘pka emfizemasi kasalligida DJTni qo‘llash.

O‘pka emfizemasi – surunkali kasallik bo‘lib, o‘pka alveollalarining kengayishi, alaeolla devorlarining atrofiyasi va o‘pka to‘qimasining elastiklik xususiyatining pasayishidir.

Bu kasallikda ko‘krak qafasi kengayadi, uning ekskursiyasi kamayadi, nafas chiqarish qiyinlashadi, nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarning zo‘r berib ishlashi, ularning toliqishini chaqiradi, yuzaki nafas olish o‘sib boradi va o‘pkaning hayotiy hajmi kamayadi, nafas olishning minutlik hajmi faqat nafas olish tezligi hisobiga ta'minlanadi. O‘pka emfizemasi bronxit, bronxial astma, pnevmoskleroz kasalliklaridan keyin paydo bo‘ladi. Patologik jarayonning rivojlanishida 3 ta bosqich farqlanadi :

1. Kompensatsiya (o‘rnini to‘ldirish)

2. Nafas olish yetishmasligining paydo bo‘lishi

3. Yurak va nafas olish funksiyalarining yetishmasligi

Birinchi bosqichda DJTning vazifalari :

-ko‘krak qafasi qo‘zg‘aluvchanligini oshirish;

-nafas olish mushaklarini mustahkamlash;

-diafragmal nafas olishga o‘rgatish;

-yurak mushaklarini mustahkamlash;

-organizmni jismoniy harakatlarga (yuklamalarga) moslashtirish;

-organizmni chiniqtirish va sog‘lomlashtirish.

Davolovchi jismoniy tarbiyaning davolovchi gimnastika muolajasi shaklidan keng foydalaniladi, shu bilan birga me'yorli eshkak eshish, suzish, chang‘ida yurish tavsiya etiladi.

Kasallikning 2-bosqichida o‘pka emfizemasining yaqqol kurinishlari va nafas olish yetishmasligi namayon bo‘ladi. Davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari nafas olish apparatining va qon aylanishning buzilish darajalariga qarab qo‘llaniladi.

DJTning vazifalari:

-nafas olish yetishmasligiga qarshi kurashish;

-nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni mustahkamlash;

-qon aylanishini yaxshilash;

-miokardni mustahkamlash;

-bemorlarni o‘rtacha turmush va past jismoniy harakatlarga funksional moslashishini oshirish.

Bu vazifalarni bajarish uchun DJTning davolovchi gimnastika muolajasi, me'yorli yurish va sayr qilish shakllaridan keng foydalaniladi.

Kasallikning 3-bosqichi nafas olish va yurak funksiyalarining yetishmasligi bilan xarakterlanadi.

DJTning vazifalari :

-xissiyot tonusini oshirish;

-nafas olish apparatining faoliyatini yaxshilash;

-nafas olish yetishmasligi bilan kurashish;

-venoz qon dimlanishini yo‘qotish;

-miokardni qon bilan ta'minlanishini yaxshilash;

-organizmni o‘rta jismoniy harakatlarga (yuklamalarga) moslashtirishni kuchaytirish.

Bemorlarga davolovchi gimnastika muolajasi, me'yorli sayr etish tavsiya etiladi. Agar bemor sayr qilayotgan vaqtdi nafas siqilishi paydo bo‘lsa, u to‘xtashi lozim va nafas olishni va qon aylanishini tartibga solish uchun nafas olish mashqlarini bajarishi kerak.

Davolovchi gimnastika muolajasida gimnastik mashqlarni maxsus nafas mashqlari bilan almashtirilib turilishi, dam olish pauzalari bilan bajarilishi tavsiya etiladi. Bemor organizmining jismoniy yuklamalarga funksional moslashishi pasayganini e'tiborga olib, tavsiya etilgan mashqlar katta dozalarda va tez sur'atda bajarilmaydi. Davolovchi gimnastika muolajasida mayda va o‘rta mushak guruhlari uchun mashqlar 4-6 marta, yirik mushaklar uchun 2-4 marta va maxsus nafas mashqlari uchun 3-4 marta qaytarilishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga ko‘krak faqaqsi massaj qilinadi.




Download 6,32 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173




Download 6,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘pka emfizemasi kasalligida DJTni qo‘llash

Download 6,32 Mb.