Nafas tizimi kasalliklarida DJT qo‘llash.
Zotiljam (pnevmoniya – o‘pkaning yallig‘lanishi) o‘choqli (ochagovыy) va zardob yig‘ilgan (krupoznыy) holatda kechadi.
O‘chog‘li zotiljam – bu o‘pka to‘qimasining katta bo‘lmagan joylarining va bu jarayonga alveollalar va bronxlar qo‘shilib yallig‘lanishidir.
Zardobli yig‘ilgan zotiljam – bu o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, bunda yallig‘lanish jarayoni o‘pkaning bitta bo‘lagini egallaydi.
O‘choqli va zardob yig‘ilgan zotiljamda alveollalarning ichida ekssudat paydo bo‘lib, u butunlay so‘rilib ketishi yoki yiringli jarayonga o‘tishi mumkin.
Zotiljamda DJTning qo‘llanilishiga qarshi ko‘rsatmalar :
-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi;
-bemorlarda kuzatiladigan yaqqol intoksikatsiya (zaharlanishi);
-nafas olish yetishmasligi;
-taxikardiya va h.z.
To‘shak harakat tartibotida DJTni qo‘llash.
Vazifalari :
1.Nafas olish mexanikasini (harakatlarini) normallashtirish.
2.Nafas olishning yetishmasligini kamaytirish.
3.O‘pkadagi patologik o‘chog‘ning so‘rilishini kuchaytirish.
4.Tashqi nafas olish funksiyasining, yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak va boshqa sistemalar faoliyatini yaxshilash.
5.Atelektaz va tromb hosil bo‘lishining oldini olish.
Bemorlarning 3 – 5 kun shifoxonada bo‘lishlarida tana haroratining tushishi, yurak urushi tezligining kamayishi va leykotsitoz ko‘rsatkichining tushishi bilan bemorga davolovchi jismoniy tarbiya buyuriladi.
Davolovchi gimgastika muolajasi yakka tartibda o‘tkaziladi. Muolaja statik nafas olish mashqlarini bajarish bilan boshlanadi. Metodist yordamida bemor maksimal chuqur nafas olishga va lablarini naycha qilib uzoq vaqt nafas chiqarishga harakat qildiriladi. Shu bilan birga bemorga diafragmal nafas olish mashqi tavsiya etiladi. O‘tkazilgan nafas mashqlari o‘pkaning ventilyasiyasini yaxshilashga, nafas olish chuqurligining ko‘payishiga va uning tezligini kamayishiga, diafragmaning ko‘zg‘alishini kuchaytirishga imkon beradi. Kasal tomondagi o‘pka ventiyalyasiyasini yaxshilash maqsadida bemor sog‘ yon boshda yotgan dastlabki holatga o‘tkaziladi. Shu holatda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish maqsadida orqa tomon massaj qilinadi. Muolaja davomida qo‘l-oyoq va tana mushaklariga mashqlar beriladi. Yarim to‘shak harakat tartibotida DJTni qo‘llash (5 - 9 kun).
Vazifalari :
1.Nafas olish mexanikasini yanada takomillashtirish.
2.Nafas olishning yetishmasligi yo‘qotish.
3.Markaziy nerv sistemasining tonusini oshirish.
4.Ekssudatning so‘rilishi va chandiq jarayonining paydo bo‘lishini olidini olish.
5.Atelektazlar bo‘lmasligini olidini olish.
6.O‘pkaning drenaj funksiyasini yaxshilash.
7.Yurak-qon tomir va boshqa sistemalarning funksional holatlarini tiklash.
Bu davrda statik nafas olish mashqlarini orqada va yon boshda yotgan, yarim o‘tirgan va o‘tirgan dastlabki holatlarida bajarishga tavsiya beriladi. Qo‘l va oyoq uchun mashqlar nafas olish mashqlari bilan birgalikda bajariladi (3 : 1 nisbatda) 3 – 4 kundan keyin davolovchi gimnastika muolajasiga dinamik va maxsus nafas olish mashqlari kiritiladi, ular yordamida balg‘amning yaxshi va tez ajralishiga, diafragma qo‘zg‘aluvchanligining va nafas olishda ishtirok etayotgan mushaklar kuchining oshishiga, periferik qon aylanishining faollashishiga, tashqi nafas olish funksiyasining yaxshilanishiga erishiladi.
Erkin harakat tartibotida DJTni qo‘llash (10 – 12 kun).
Vazifalari :
1.Tashqi nafas olish apparatining funksiyasini tiklash.
2.Nafas olish organlarini morfo-funksional tuzilishini to‘liq tiklash va zotiljamning qaytarilishini oldini olish.
3.Yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, nerv va boshqa sistemalarning funksional holatini tiklash.
4.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirish.
5.Bemorni maishiy va kasbiy faoliyatga tayyorlash.
Erkin tartibot o‘pka to‘qimalarida qoldiq ko‘rinishlari davri bilan to‘g‘ri keladi.
Bu davrda dinamik va maxsus nafas olish mashqlari o‘tirgan va turgan dastlabki xolatlarda bajarish maslaxat beriladi, shuningdek qo‘l oyoq, yelka kamari va tana uchun mashqlar snaryadlar (gimnastika narvoni, meditsinbol, gantellar va boshqalar) bilan birgalikda qo‘llanadi.
Bemorlar kasalxonadan chiqqaklaridan so‘ng davolovchi gimnastika bilan poliklinikalarda va uy sharoitida shug‘ullanishlari kerak.
Kuchaytiradigan mashqlar (gantellar,bulavalar,gimnastika skameykasi va narvoni) va nafas olish mashqlari (dinamik va statik) mashqlarini bajaradilar.
Orqa va yelka kamari mushaklari uchun qo‘l massajyorni, espanderlarni va elastik bintlarni ishlatish maslaxat beriladi, bular ko‘krak qafasi, yelka kamari, qo‘l va oyoqlarning mushaklarining kuchini o‘stirishga imkon beradi va umurtqa pog‘onasining qo‘zg‘alish harakatini yaxshilaydi. Trenajyorlarda mashqlar bajarish (eshkak esish,”sog‘lomlashtirish” va yuguruvchi yo‘lka trenajyorlari, veloergometr va boshqalar) va organizmni chiniqtirish va mustaxkamlash usullarini qo‘llash (quyosh, suv, xavo) tavsiya etiladi.
Bronxit (bronxlarning yallig‘lanishi) kasalliklarida DJT qo‘llanish.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar:
-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi;
-nafas olishning yetishmasligi;
-astma (nafas bo‘g‘ilishi) holati.
DJT vazifalari:
1.Qon va limfa aylanishlarini kuchaytirish.
2.Bronxlarda yallig‘lanishdan paydo bo‘lgan o‘zgarishlarni kamaytirish yoki yo‘q qilish.
3.Bronxlarning drenaj funksiyasini tiklash.
4.Bronxlar daraxtini mahalliy va umumiy qarshiligini (rezistentligini) oshirish.
5.Asoratlarning oldini olish.
6.Organizmning shamolash kasalliklariga qarshilik ko‘rsatuvchanligini oshirish.
DJT o‘tkir jarayoning pasayishi bilan buyuriladi. Kasallikning birinchi 7-10 kunlarida bemorlarga oldin statik nafas mashqlari, keyinchalik dinamik va maxsus nafas mashqlari qo‘llash tavsiya etiladi. Shundan so‘ng hamma mushak guruhlariga gimnastik snaryadlardan foydalangan holda umumiy rivojlantiruvchi mashqlar muolaja kompleksiga qo‘shiladi.
Bemorlar shifoxonadan chiqqanlaridan keyin, organizmni chiniqtirish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish va boshqa amaliy sport mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.
Bronxial astma kasalligida DJTni qo‘llash.
Bronxial astma kasalligi ekspirator nafas siqilishi (bo‘g‘ilishi) hurujlari bilan xarakterlanib, bronxlar va kichik bronxlarning ichki torayishi va ularda ekssudatning paydo bo‘lishidan kelib chiqadi.
DJTni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar :
-nafas yetishmasligi;
-yurak faoliyatining yetishmasligi;
-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi va h.z.
Vazifalari :
1.Bronx va bronxiollalarning torayishini (spazmini) kamaytirish va yo‘qotish.
2.O‘pka ventilyasiyasini yaxshilash.
3.O‘pka va bronxlar drenajini yaxshilash.
4.Nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni mustaxkamlash.
5.Ko‘krak qafasi qo‘zg‘aluvchanligini oshirish.
6.To‘qimalarda qon va limfa aylanishini yaxshilash.
7.Markaziy nerv sistemasida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining muvozanatini tiklash.
8.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamaga organizmni moslashtirish.
9.Asoratlarning oldini olish.
Davolovchi gimnastika muolajasi yakka tartibda, kichik guruh va guruh tartibida o‘tkaziladi. Davolovchi gimnastika muolajasi bemorning yoshiga, holatining og‘irligiga, nafas siqilishining tezligiga, kardiorespirator sistemalarining funksional holatiga qarab yakka tartibi aniqlanadi. Muolaja vaqtida ko‘krak qafasini yaxshi ekskursiya bo‘lishiga yordam beruvchi va nafas chiqarishni yengillashtiruvchi quyidagi dastlabki holatlardan foydalanish mumkin : bosh qismi ko‘tarilgan krovatda orqa bilan yotgan, stulning suyanchig‘iga tayanib o‘tirgan. Muolaja kompleksida asosan nafas mashqlari (ko‘krak, diafragmal, tovushli), umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo‘llaniladi, shu bilan birga orqa massaj qilinadi.
Kichik guruhli va guruhli tartibda asosan quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi : o‘tirgan, stulga tayanib turgan va turgan.
Bemorga shifoxonada qo‘llaniladigan ertalabki badan tarbiya, davolovchi gimnastik muolajasi, bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar va me'yorli yurish shakllari tavsiya etiladi. Muolaja kompleksiga quyidagi maxsus mashqlar kiritiladi : nafas chiqarishni uzaytirgan holda nafas mashqi, tovushli gimnastik nafas mashqlari, statik nafas mashqi (diafragmal), qo‘l mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar, qorin oldi mushaklarni mustaklash uchun mashqlar va h.z. Shu bilan bir qatorda oddiy va yengil mashqlar kompleksga kiritiladi : qo‘l va oyoqlarni bukish, yozish, keltirish, aylantirish, tanani oldinga, orqaga va yon tomonlarga engashtirish va h.z. Asta-sekin snaryadlar bilan (meditsinbol, gantella, gimnastik tayoqcha) va snaryadlarda (gimnastik skameyka, sog‘lomlashtiruvchi narvon) bajariladigan mashqlar tavsiya etiladi. Ko‘krak qafasi, qovurg‘alararo, bilak va orqa mushaklarini massaj qilish buyuriladi. Shifoxonadan chiqib, bemor davolovchi gimnastika muolajasini shifokor nazoratida poliklinika yoki shifokor jismoniy tarbiya dispanserida davom ettiradi. Shu bosqichda amaliy sport mashqlari (eshkak eshish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish, suzish), sportga oid o‘yinlar (voleybol, basketbol) va shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan terrenkur shakli qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
|