A. MICROSOFT WORD PROGRAMMASI YORDAMIDA ELEKTRON HUJJAT YARATISH.
Elektron hujjat yaratishimizdan oldin gipermurojaat, gipermatn, zakladka nima ekanligini aniqlab olaylik.
WWW (Web) tizimida ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga tezda o’tish imkonini beradi (bu matnlar qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’iy nazar) Bu o’rinda aytib o’tish joizdirki, matnlar o’rnida rangli harakatdagi tasvirlarni, turli videokliplarni, grafik, audiolarga ham murojaat tashkil qilsa bo’lar ekan. Matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham beruvchi hujjatlar gipermedia hujjatlari deyiladi.
Matnlarda kalit so’zlar deb ataluvchi so’zlar orqali dunyoning ixtiyoriy burchagida INTERNET doirasida joylashgan ma’lumotlarga yoki kompyuterdagi mavjud fayllarga, yoki fayl ichidagi o’zaro murojaat qilish va u orqali ma’lumotlarni topish gipermurojaat deb ataladi.
Ajratilgan so’zlar va frazalar – gipermatn aloqalari, qisqacha giperaloqalar deb yuritiladi. Bu giperaloqalar orqali boshqa hujjatlarga murojaat qilib, unda yangi giperaloqalarni yaratish mumkin.
Zakladka (“taxlash”, “joylashtirish” ma’nosini anglatadi) – matnning, jadvalning, rasmning qandaydir qismiga nomlangan ko’rsatkich yoki hujjat ichidagi o’rni.
Demak, gipermurojaatlarni asosiy vazifasi sizga kerakli bo’lgan axborotlarni tez topishdir.
Gipermurojaatni ishga tushirish yo’llari quyidagicha:
-
Menyuning Вставkа → Гиперссылkа buyrug’i;
-
Standart asboblar paneli → Гиперссылkа tugmasi;
-
Konteksli menyu → Гиперссылkа buyrug’i.
Gipermurojaat orqali axborotimizni fayl,veb-sahifa bilan, hujjat ichidagi belgilangan joy bilan, yangi hujjat bilan, elektron quti bilan bog’lashimiz mumkin.
Yuqoridagi bog’lanishlardan murakkabrog’i hujjat ichidagi belgilangan joy bilan bog’lanishdir. Bunda bog’lanish yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga bo’ladi. Bog’lanishlar strukturasini quyidagi oynada ko’rib turibsiz.
|