|
C. POWER POINT dasturida namoyish materiali namoyishini boshlash
|
bet | 102/135 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 3,79 Mb. | | #409 |
C. POWER POINT dasturida namoyish materiali namoyishini boshlash. .
Namoyish materiallari tayyor bo’lgandan keyin uning namoyishini boshlash uchun Показ слайдов bo’limidan Nachat pokaz bo’limini tanlash yoki klaviaturadan F5 tugmasini bosish lozim. Bunda namoyish materiali namoyishi har doim birinchi tartib raqamli slayddan boshlanadi.namoyish materiallari namoyishini boshqa tartib raqamli slayllan boshlash uchun kerakli slayd tanlab olinib POWER POINT darchasining chap pastki burchagidagi (Показ слайдов с текущего) tugmasi yoki SHIFT+F5 (bir vaqtda) tugmalari bosiladi.
Namoyish materiallari namoyishi boshlangandan keyin slaydlar ko’rinishi to’liq ekranni qoplagan holda asboblar paneli va boshqa tugmalar ko’rinmay qoladi. Slayd,ob’ekt va matnlarga tadbiq etilgan effektlar ketma-ketligi bo’yicha amalga oshiriladi.Bunda keyingi slaydga yoki effektga o’tish uchun klaviaturadan ENTER yoki SPACE (probel) tugmalari bosiladi. Bitta slayd yoki effekt orqaga qaytish uchun BACKSPACE tugmasini bocish kerak.
Namoyish materiallari namoyishi ko’rinishidan chiqish uchun ESC tugmasi yoki sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va darcha hosil bo’lgahdan keyin Zavershit pokaz slaydov bo’limi tanlanadi.
Namoyish materiallari bajarish jarayoni davomida qo’shimcha ma’lumotlar yozish,ma’lumotlarni belgilab olishni, sichqoncha o’ng tugmasini bosilganda hosil bo’ladigan darcha yordamida amalga oshirish mumkin.Sichqoncha o’ng tugmachasi bosilganda hosil bo’lgan darchadan Указатель bo’limi tanlanadi.Bu bo’limda Ручка yoki Фломастер lardan foydalaniladi.Ikkinchi marta sichqoncha o’ng tugmachasi bosiladi va Указатель bolimidan Выделение tanlanib,Цвет чернил
yordamida rang o’rnatiladi.
|
| |