|
Tashkent State Transport UniversityBog'liq modifikatsiyalangan serobitumni tayyorlash texnologiyasi va uningTashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed
Prospects for Training International
Specialists in the Field of Transport
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-570-573
371
April 21-22
https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference
foydalanishingiz mumkin. Reaksiya aralashmasi 2-3 soat davomida 130-150 °C
haroratda oltingugurt va bitumning massa nisbatida aralashtiriladi: bitum va
oltingugurt 80:20 %. Olingan serobitum oltingugurt va bitum kimyoviy
birikmalarining aralashmasi bo'lib, normal sharoitda uzoq vaqt davomida barqaror
holatni saqlab turish qobiliyatini oladi, shuningdek fizik-kimyoviy xususiyatlarini
yaxshilaydi.
Dastlabki komponentlar sifatida oltingugurt (GOST 127-93), bitum markasi
BND 60-90 GOST 22245-90 ishlatiladi [2].
Eng avvalo barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan isitiladigan idishda
800 gramm bitum 130-150 °C gacha qizdiriladi va 135 °C gacha qizdirilgan 200
gramm oltingugurt va 4 gramm modifikator (oltingugurtga nisbatan 2 %) aralashmasi
qo'shiladi va 135-140 °C haroratda 1-2 soat davomida aralashtiriladi.
Olingan natijalarni bitum va serobitum GOST lari bilan o'zaro solishtiramiz va
natijalarni tahlil qilamiz. Bunda asosan quyidagi kattaliklar aniqlab olindi:
-
bitumga ignaning botish chuqurligi;
-
bitumning cho’ziluvchanligi;
-
bitumning yumshash harorati [3].
Serobitumning bu xususiyatlari barchasi GOST talablariga javob berishi kerak.
Har bir kattalikning o'z GOST talablari mavjud va ular quyidagilardan iborat:
-
bitumga ignaning botish chuqurligi GOST 11501-78 ga asosan;
-
bitumning cho'ziluvchanligi GOST 11505-75 ga asosan;
-
bitumning yumshash harorati GOST 11506-73 ga asosan aniqlanadi va
natijalar qayd etib boriladi [4].
Quyida keltirilgan qiymatlar aniqlangandan so'ng ularni jadval asosida
ko'rsatib o'tamiz.
3.1-jadval
Serobitumning xususiyatlari
№
Ko’rsatkichlar nomlari
O’lchov
birligi
Ko'rsatkichlar qiymatlari
GOST
bo’yicha
Bitumning
haqiqiy
qiymati
Serobitum
bo'yicha
Serobitum
haqiqiy
qiymat
1
2
3
4
5
6
7
1
Ignaning
botish
chuqurligi, 25
o
C da
0,1 mm
61-90
86
60, 62, 71
60
|
| |