Tashkent State Transport University




Download 297,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.12.2023
Hajmi297,91 Kb.
#116764
1   2   3   4
Bog'liq
modifikatsiyalangan serobitumni tayyorlash texnologiyasi va uning

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Prospects for Training International 
Specialists in the Field of Transport 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-570-573 
 
 
 
 
 
370
 
April 21-22 
https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
mahalliy hom'ashyo bo'lgan oltingugurt va bitum modifikatsiya qilinadi. 
Oltingugurtni modifikatsiya qilishda texnika-xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi 
talab etiladi. Oltingugurtni 135 
o
C temperaturadan oshirmasdan qizdiriladi va 
qizdirish jarayonida oltingugurt quyuq va qizg'ish tusga kirguncha aralashtiriladi. Bu 
jarayon 30-40 minutdan kam vaqt bo'lmasligi kerak. Oltingugurt qizdirilish 
jarayonida 135-140 
o
C dan yuqori haroratgacha qizdirib yuborilsa o'zidan zaharli hid 
chiqaradi. Shuning uchun zaharli hiddan zararlanmaslik uchun maxsus niqob taqib 
ishlash tavsiya etiladi. Oltingugurt eritib olingandan so'ng unga modifikator qo'shiladi 
va aralashtiriladi. Oltingugurt va modifikator birikishi uchun aralashtirish jarayoni 
30-40 minut davom ettiriladi. Modifikator sifatida "modifikator FZG dan 
foydalanamiz. Modifikatorni oltingugurt og'irligiga nisbatan 2 % olamiz. 
Boshqa idishda BND 60/90 markali bitumni 160 
o
C dan yuqori bo’lmagan 
holatda (agar temperatura 160 
o
C dan oshib ketsa bitumdagi bog’lovchilik xossalari 
yo’qoladi) suvsiz holatga kelguncha qizdiriladi va shundan so'ng modifikatsiyalangan 
oltingugurt 
bilan 
aralashtiriladi. 
Bitum 
qizdirib 
bo'lingandan 
so'ng 
uni 
modifikatsiyalangan oltingugurt ustiga quyiladi va 30-40 daqiqa aralashtirib turiladi. 
Barcha jarayonlar uchun aralashtirishlar chastotasi 100-120 marta/minut dan 
oshmasligi kerak. Aralashtirish jarayoni normadan ortib ketsa serobitum xususiyatlari 
salbiy tomonga o’zgaradi. Modifikatsiyalangan oltingugurt va bitum o'zaro kimyoviy 
reaksiyaga kirishadi. Buning natijasida bitum o'z xossalarini o'zgartiradi. 
Oltingugurtni bitum bilan 20-80 % nisbatda olish eng maqbul nisbat hisoblanadi. 
Serobitumdagi oltingugurt miqdorining 10 % gacha ko'payishi yoki kamayishi undagi 
yopishqoqlikning ya'ni plastiklikning pasayishiga olib keladi, hosil bo'lgan serobitum 
standart talablarga javob bermaydi. Serobitumni olish usullarining aksariyati reaksiya 
aralashmasini uni bitum bilan keyingi aralashtirish bilan faollashtirishga asoslangan. 
130-135 °C haroratda oltingugurt va bitumdan faollashtirilgan reaksiya aralashmasini 
aralashtirish orqali serobitumni olish oltingugurt va bitum tarkibiy qismlari o'rtasida 
kimyoviy o'zaro ta'sirni amalga oshirilishini ta'minlaydi. Harorat rejimi 
oltingugurtning zarur bo'lgan erish nuqtasi (pastki chegara) va gaz chiqindisi bo'lgan 
oltingugurt va vodorod sulfidini (135 °C gacha) chiqarish uchun normal harorat 
hisoblanadi. 
Oltingugurtni modifikator bilan faollashishi, u qo’shimcha sifatida 0,3-3,0 % 
miqdorida ishlatiladi. Oltingugurtga nisbatan modifikatorni eritilgan oltingugurtga 
kiritish orqali (130-135 °C haroratda) amalga oshirish mumkin, 
bitum 130-150 °C haroratda qizdirilib aralashtiriladi. Usulni 
amalga oshirish uchun siz har qanday yo'l sinfidagi bitumdan 



Download 297,91 Kb.
1   2   3   4




Download 297,91 Kb.
Pdf ko'rish