Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed
Prospects for Training International
Specialists in the Field of Transport
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-954-956
957
April 21-22
https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference
YANGI O‘ZBEKISTONDA AVTOMOBIL SANOATI
Mahliyo Farxod qizi Toshtemirova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
Baxrom Abdug‘anievich Saidusmonov
Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti O„zbekiston tarixi kafedrasi
o„qituvchisi
baxrom.said@mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada yangi O„zbekistonning avtomobil sohasida
yuritayotgan yangicha
siyosati haqida ma‟lumot berilgan. Yangi O„zbekistonda avtomobil sohasiga oid
qarorlar tasdiqlanib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Kalit so‘zlar:
sanoatlashuv, avtomobil, Harakatlar strategiyasi, erkin iqtisodiy
zona, “talab va taklif”, “sabab va oqibat” dialektikasi
ABSTRACT
The article provides information about the new policy of
the new Uzbekistan in
the automobile sector. In the new Uzbekistan, decisions on the automobile industry
are being approved and implemented step by step.
Keywords:
industrialization, car, Action strategy,
free economic zone,
“demand and supply”, “cause and effect” dialectic
Tarix g„ildiragi abadiy harakatlanish davrida kishilik jamiyatining turli-tuman
shakllarini, tizim va tuzumlarini g„altagiga o„rab bormoqda. Sikllik harakatlanib
turgan jamiyat hayotida turli davlatlar turlicha ta‟siri bilan ishtirok etadi. Har bir
davlat o„zi tanlagan yo„ldan
doimiy harakatlanib, ma‟lum ma‟noda rivojlanib
yangilanib boradi. Ko„pchilik davlatlar o„z mohiyatidan kelib chiqqan holda jamiyat
hayotini rivojlantirishda u yoki bu sohasi bilan hissa qo„shadi. Jamiyat rivojida
davlatlar ma‟lum ob‟yektiv va sub‟yektiv
omillarni inobatga olib, tizimning turli
sohalariga turlicha e‟tibor qaratadi. Chunki, davlatlarning sanoatlashuvi,
sivilizatsiyasi, ijtimoiy, iqtisodiy holatlari rivojlanishi bir qator omillarga bog„liq.
Bular
davlatlarning geografik, demografik, iqtisodiy, hududiy
joylashuvi va boshqa jihatlarda o„z ifodasini topadi.
Bu esa turli
davlatlarda tizimning turli sohalari drayverga ayalanishi bilan