Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan
is the Glorification of Human Dignity, the
Guarantee of Our Free and Prosperous Life
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati
637
December 1
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
KONSTITUTSIYADA OILA HUQUQI
J.H.Atoyev
Buxoro Muhandislik
Texnologiya institute talabasi
Ilmiy rahbar: A.Q.Saloхov
Buxoro Muhandislik
Texnologiya instituti
“Ijtimoiy - fanlari ” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 1994-yildan boshlab har
yili 15-may kunini Xalqaro oila kuni sifatida nishonlashga qaror qildi.
1993 –yildan buyon Venada Qohirada Kopengagenda
va Pekinda hamda
qator boshqa Xalqaro anjumanlar kun tartibibga oila masalasi ataylab kiritilishida
ham ma’no bor. Har yili belgilanayotgan va amalda oshirilayotgan xayrli ishlarning
barchasida oila va uning mustahkamligi muammosi umuminsoniy vazifa ekanligi
e’tirof etilmoqda.
Oila uzoq davom etadigan
tarixiy taqqiyot natijasidir,jamiyat tuzilishining
ob’ektiv zarur ajralmas qismidir
Ijtimoiy ma’noda oila odamlarning ijtimoiy
jihatdan alahida uyushgan
guruhlar
ma’naviy xo‘jalik, maishiy va turmush sharoitlariga hamda manfaatlari bir xil
bo‘lgan shaxslar ittifoqi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998- y 30-apreldagi qarori
bilan yangi O‘zbekiston Respublikasi
Oila Kodeksi qabul qilindi, va 1998-yil 1-
sentyabrdan amalga kiritildi. Ushbu oila kodeksi mohiyati, mazmuni va nimo
jihatidan 1969-yil 6-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston
SSRning Nikoh oila
kodeksidan farq qiladi.Ushbu kodeks 1968-yil 27-iyunda qabul qilingan SSR
ittifoqiva ittifoqdosh respublikalarning nikoh va oila to‘g’risidagi qonun asoslarini
tasdiqlash haqida sobiq SSSR qonuni asosida yozilgan bo‘lib, undagi qoidalar asosiy
ittifoq qonunlariga, mos bo‘lishi talab qilinar edi.
Buning oqibatida
bizning milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va milliy
xususiyatlarimiz e’tibordan chetda qolib ketar edi. Shu kabi boshqa qardosh
xalqlarning ham taqdiri bizga ma’lum.Oddiygina nikoh yoshi to‘g’risidagi
chegaraning o‘zidayoq har bir xalqning har bir millatning o‘ziga xosligini ko‘rishimiz
mumkin. Tabiiy iqlim sharoitiyashash tarzi genetic rivojlanish
darajasi tirlicha
bo‘lgan tabiiy sharoitda har qaysi millatning jinsiy va jismoniy rivojlanishi turlicha
bo‘lishi va shu asnoda nikoh yoshi ham turlicha belgilanishi tabiiy holdir.
Oila jamiyatning eng kichik bo‘g’inidir.Davlat ham oilalardan tashkil topadi.
Jamiyatda yashovchi inson-huquq sub’ekti oilada tug’iladi va
tarbiya topadi.