Tashkent State Transport University




Download 476.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.05.2023
Hajmi476.21 Kb.
#65975
1   2   3   4   5
Bog'liq
transport-mashinasozligida-kompozit-materiallardan-foydalanish-istiqbollari
Анализ современных угрозы и каналы утечки информации, MTA amaliy ish, Мардонов Хасан, 2 саволлар, 3.6, Konstruksion-po‘lat-va-qotishmalar, 410 курсовые, paradigmalar 4-topshiriq, T va S sirtqi, 1-Амалий иш(ЙТХ), 166-Niyozova Shohsanam, Kirish I bob. Pardaqanotlilar turkumining biologiyasi, Boshlang`ich, 14-04-2023 13-13-00, Тема Погрешности измерений и средств измерений
Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Prospects for Training International 
Specialists in the Field of Transport 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-512-516 
 
 
 
 
 
761
 
April 21-22 
https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
rus me‟mori Barma Postnik temir tasmalar bilan armaturalangan tosh plitalardan 
foydalangan. 
Temirbeton, zamonaviy kompozit materiallarning timsoli hisoblanadi. Tsement 
va sim ishlab tayyorlangan gultuvaklar uchun birinchi bo„lib, 1867 yilda parijlik 
bog‟bon J.Monce patent olgan edi. Shisha tolalar bilan armaturalangan poliefir 
materiallar 1942 yilda, birinchi marta samolyot konstruktsiyasida ishlatildi, shundan 
so„ng ko„p vaqt o„tmay, stekloplastiklar sanoat miqyosida ishlab chiqila boshladi. 
Polimer yoki metall asosidagi, yuqorimodulli tolalar va ipsimon monokristallar 
(“mo„ylovlar”) bilan armaturalangan, strukturasi mukammal, yuqori mustahkam 
kompozitlar 1970-yillardan boshlab keng miqyosda qo„llana boshladi. 
Texnik taraqqiyot hamma vaqt ishlab chiqarishning o„sishiga va konstruktsion
materiallar ro„yxatining kengayishiga asoslanadi. Fizika, metallshunoslik, metallar 
texnologiyasi fanlarining yutuqlari alyumin qotishmalari va po„latlarning 
mustahkamlik chegarasini, tegishli ravishda 1200 MPa gacha va 2200 MPa gacha 
ko„paytirish imkonini berdi. Metallarning mustahkamlik tavsiflarini iqtisodiy jihatdan 
ma‟qul qiymatlargacha oshirish imkoniyatlarining hammasi amalda ko„rib 
chiqilmagan. Metall materiallarni ishlab chiqarish hajmlari ko„payib ketsa, Yer 
qobig‟idagi rudalar zaxirasi kamayib ketishi va metallning narxi ko„tarilib ketishi 
mumkin.
Bundan tashqari metall rudalarini qazib olish, tashish va qayta ishlash ulkan 
moddiy xarajatlar bilan bog‟liq va atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. 
Kompozitlarni ishlab chiqish va qo„llash ishlab chiqarishni konstruktsion 
materiallar bilan ta‟minlashning istiqbolli yo„llaridan biridir, shuningdek yangi 
texnikaning ishchi parametrlarini oshirish va resurslarni tejash imkonini beradi. 
Zamonaviy kompozitlar yuqori mustahkamlik bilan massa yengilligini o„zida 
birlashtiradi. Ular texnika vositalari va inshootlari og‟irligini, metallga nisbatan 
25...50%, tayyorlash qiyinligi (mehnat talabi)ni 1,5-3,0 marta, ishlab chiqarishning 
energiya sig‟imini 8...10 marta, material sig‟imini 1,6-3,5 marta kamaytiradi
mashinalarning texnik resursini 1,5-3,0 marta ko„paytiradi, korroziya sababli 
yo„qotishlarni minimumga keltiradi, yonilg‟i sarfini kamaytiradi. 
Kompozit materiallardan yuqori darajada samarali foydalanishning ikki sohasi 
aniqlandi:
1) ko„p ishlatiladigan kamyob materiallar (rangli metallar, metall profillari, 
natural teri, matolar, yog‟ochning nodir navlari va b.)ning o„rniga 
o„rin sifatida; 



Download 476.21 Kb.
1   2   3   4   5




Download 476.21 Kb.
Pdf ko'rish