Tashkent State Transport University




Download 476.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.05.2023
Hajmi476.21 Kb.
#65975
1   2   3   4   5
Bog'liq
transport-mashinasozligida-kompozit-materiallardan-foydalanish-istiqbollari
Анализ современных угрозы и каналы утечки информации, MTA amaliy ish, Мардонов Хасан, 2 саволлар, 3.6, Konstruksion-po‘lat-va-qotishmalar, 410 курсовые, paradigmalar 4-topshiriq, T va S sirtqi, 1-Амалий иш(ЙТХ), 166-Niyozova Shohsanam, Kirish I bob. Pardaqanotlilar turkumining biologiyasi, Boshlang`ich, 14-04-2023 13-13-00, Тема Погрешности измерений и средств измерений
Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Prospects for Training International 
Specialists in the Field of Transport 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-512-516 
 
 
 
 
 
762
 
April 21-22 
https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
2) ko„p vazifalarga mo„ljallangan konstruktsion material sifatida. 
Birinchi yo„nalish sanoat va qishloq xo„jaligining chiqindilari: qipiqlar, sintetik 
tolalar qiyqimlari, donlarni tozalash chiqindilaridan, kimyo sanoati va boshqa 
tarmoqlar chiqindilaridan foydalanib, amalga oshiriladi. Bu turdagi kompozitlardan 
quyidagi materiallar ishlab chiqiladi: 
- avtomobillar, traktorlar, kombaynlar va boshqa mashinalar kabinasi ichini 
pardozlash uchun yog‟och-polimer va tolali list materiallar; 
- stanoklar, ko„tarish-tashish mexanizmlari uchun, binolarning eshik-derazalari 
uchun, ichki pardozlari uchun yo„naltiruvchi sifatida ishlatiladigan uzun o„lchamli 
profillar; 
- issiqlik izolyatsiyalovchi, ovoz va titrashlarni yutadigan panellar va 
qoplamalar; 
- kam yuklangan korpus buyumlar. 
Ikkinchi yo„nalish – texnik buyumlarning yangi avlodini ishlab chiqish. 
Maxsus xossali (kam zichlik, yuqori termoyeyilish va korroziya bardoshlilik, dinamik 
va zarbali yuklamalar ta‟sirida barqarorlik) konstruktsion materiallar aviatsiyada, 
kosmik sanoat, avtomobil va kemasozlikda, harbiy texnika, elektro- va 
radiotexnikada, elektronikada o„ziga munosib o„rin topgan. Buni quyidagi misollarda 
ko„rish mumkin. 
Zamonaviy transport samolyotida bir necha tonna metall, keramika va polimer 
matritsali kompozit materiallar ishlatilgan. Bu samolyotning metall sig‟imini 
kamaytirib, yonilg‟i sarfi pasayishiga, samolyotning texnik resursi oshishiga olib 
keladi. XXI asrning tovushdan tez uchar laynerlarida qanotlar va dumlarni uglerodli 
kompozitlardan, havo tortuvchilar va dvigatellar soplosini keramik materialdan, 
shassini- uglerod-alyuminli va uglerod-magniyli kompozit materiallardan tayyorlash 
ko„zda tutiladi. 
Dunyo avtomobilsozligi ham kompozitlarga ko„proq e‟tibor qaratayapti. 
Yetakchi firmalar shuni tushunib yetishdiki, avtomobillarning og‟ir-og‟ir po„lat 
konstruktsiyasini ko„tarib yurish uchungina dvigatel quvvatini oshirish maqsadga 
muvofiq emas. Avtomobil korpusini alyumin asosidagi kompozitlardan tanlab o„sha-
o„sha mustahkamlikdagi konstruktsiya tayyorlash mumkin ekan. Bunday korpusning 
massasi po„lat korpusnikidan ikki marta yengil.
Garchi alyumin po„latdan ancha qimmat material bo„lsada, narxlarning farqi,
yonilg‟i tejami va avtomobil yo„llari yaqinidagi ekologik vaziyat
yaxshilanishi hisobiga qoplanib ketadi. 



Download 476.21 Kb.
1   2   3   4   5




Download 476.21 Kb.
Pdf ko'rish