Texnologiyani nazorat qilish




Download 72,5 Kb.
bet3/5
Sana08.02.2024
Hajmi72,5 Kb.
#153307
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lecture-1 ma’ruza tashqi nazorat va vizual nazorat qilish reja

1.3 Texnologiyani nazorat qilish
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqarish jarayonida nazorat katta ahamiyatga ega. Qurilmalarning apparaturaning, moslamalarning, asboblarning va kerak yarog‘larning holati shuningdek payvandlash operatsiyasining bajarilishi borishi, har bir payvandchi ustidan diqqat bilan va uzluksiz kuzatish payvandlashdagi nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashga va ularning paydo bo‘lishi sabablarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga imkon beradi.
Payvand buyumlarni tayyorlash texologiyasini nazorat qilish o‘z ichiga payvandlashga tayyorlangan zagotovkalarni, payvandlash moslamalarining sozligini, buyumlarni payvandlashga yig‘ishni, payvandlash materiallarining holatini (2.1-bandga qarang), payvandlash qurilmasini (2.2-bandga qarang), va payvandlashda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilinishini tekshirishni oladi. Payvandlashga tayyorlangan zagotovkalarda ularning shakli, o‘lchamlari va bo‘linish geometriyasi, shuningdek ularning sirtlarida iflosliklar, zang va namlik yo‘qligi tekshiriladi.
Payvandlash moslamalarida qisuvchi qurilmalarning sozligi, o‘rnatuvchi sirtlarning yaroqliligi, shuningdek flyusli, mis yoki burchakli ostquymalar va issiqlikni eltuvchi elementlarning yaroqligi nazorat qilinadi. Yig‘ilgan uzellarda asosiy gabarit o‘lchamlar, ulanish joylardagi oraliqlar va payvandlanayotgan uchlarning silkish kattaligi, tutqichlarning sifati va chiquvchi plankalarning mavjudligi tekshiriladi.
Payvandlash rejimi (tartibi) birinchi navbatda tok, kuchlanish va belgilangan chegaralarda payvandlash tezligi bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat asboblarga qarab va payvand chokining tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, olib boriladi. Ma’sul konstruksiyalarni tayyorlashda va seriyalab (yalpi) ishlab chiqarishda rejim parametrlari o‘zi yozar asboblar yordamida uzluksiz yozib boriladi.
Bir qator hollarda, masalan, katta diametrli truboprovodlarni kontaktli uchma uch payvandlashda payvandlash rejimi qiymatiga qarab (kuchlanish, bosim, tutib turish vaqti va sh.k.) birikma sifati to‘g‘risida umumiy xulosa chiqariladi.
Texnologik jarayonning borish to‘g‘risida operatsion nazoratni mazkur uchastka, sex, korxona ishi uchun ma’sul bo‘lgan texnologlar, ustalar va boshqa injener-texnik hodimlar amalga oshiradilar.
Operatsion nazoratda umuman payvand buyumlarni tayyorlash ketma ketligi va rejimlariga qa’tiy amal qilinishiga e’tibor berish zarur, chunki konstruksiyaning ayrim elementlari yoki detallarining payvand birikmalarini sifatli bajarish umuman buyumning yuqori sifatiga ham kafolat bermaydi.

Download 72,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 72,5 Kb.