Qurilma va jihozlarni nazorat qilish




Download 72,5 Kb.
bet2/5
Sana08.02.2024
Hajmi72,5 Kb.
#153307
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lecture-1 ma’ruza tashqi nazorat va vizual nazorat qilish reja

1.2 Qurilma va jihozlarni nazorat qilish
Payvand birikmalarining sifati ko‘p jihatdan payvandash qurilmasining soz ishlashiga bog‘liq. Nazorat qilishning mazkur turining maqsadi va vazifasi har bir apparat yoki mashinaning pasporti ma’lumotlariga muvofiq payvandlash qurilmasini ish holatida saqlanishni ta’minlash. YOyli payvandlash uchun mashina va apparatlar yoyning barqaror yonishni payvandlash rejimini sozlashning talab qilingan aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlash kerak. Bu parametrlar har safar qurilmani ishga tushrishdan oldin va ishlab chiqarish jarayonida sinchklab tekshirilishi kerak. Gaz bilan payvandlashda gaz bilan ta’minlash manbaalarni tekshirish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, atsetsilenli gazogeneratorlarni ishlanishi nazorat qilish toza va quruq gazni normal temperaturada va o‘zgarmas bosimda uzatib turilishini ta’minlashga qaratilgan. Buning uchun gaz magistrallari, suv to‘siqlari va bosim sozlagichlari tekshiriladi. Gorelkalarning ventil va shlanglarga zich ulanishini doimiy tekshirish zarur. Ortiqcha kislorod yoki yonilg‘i gazni uzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Reduktorlarning ishlashini nazorat qilishda ishchi bosimning doimiyligiga, ularning sozlashga sezgirligiga, o‘tkazish qobiliyatiga va muzlashga qarshi chidamliligiga diqqatni qaratish zarur. Nazorat-o‘lchov asboblari ularng ko‘rsatishlarini namunaviy asboblar va o‘lchash vositalarining ko‘rsatishlari bilan taqqoslab tekshiriladi. Payvand birikmaning sifati ko‘p jihatdan foydalanilayotgan maxsus asbob va moslamalarning sifatiga bog‘liq. Yig‘ish moslamalari talab qilingan mustaxkamlik va qattiqlikni, payvand konstruksiyasi elementlarining aniq, tez va ishonchli maxkamlanishini; payvandlanayotgan detal, uzel, buyumning barcha o‘lchamlarining zarur aniqlik darajasini, payvandlanayotgan ob’ektni payvandlash uchun qulay holatga o‘rnatishni va hokazolarni ta’minlash kerak.
Bu talablar moslamalarni loyihalash va tayyorlashning texnik shartlarida aks ettirilishi kerak. Yangi tayyorlangan moslamalar foydalanishdan avval texnik shartlarga muvofiqligiga tekshiriladi. Tiraklar, qisqichlar va boshqalarning ishlashi to‘g‘riligiga e’tiborni qaratish lozim. Moslamaning yaroqli ekanligi to‘g‘risidagi yakuniy xulosani detallning birinchi payvand buyumi (yoki uzeli) tayyorlangandan va o‘lchamlari tekshirilgandan so‘ng berish lozim.
Ishlab chiqarish jarayonida moslamalarning holati muntazam va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xarakteriga bog‘liq holda o‘rnatilgan muddatlarda nazoratdan o‘tkaziladi. Zarur bo‘lganda ular ta’mirlanadi yoki almashtiriladi.

Download 72,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 72,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilma va jihozlarni nazorat qilish

Download 72,5 Kb.