• 1.MS DOS operatsion tizimi
  • Tayanch iboralar




    Download 70.5 Kb.
    bet1/5
    Sana14.09.2023
    Hajmi70.5 Kb.
    #81873
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1404130615 51198
    509-группа, 2- mustaqil ta'lim topshirig'i(Sirtqi), 4-5-6-kazuslar tijorat, 2-Mavzu Korxona –kimyo va oziq-ovqat sanoatining asosiy bo’g’in, sinflar, Kogon sh. KPI, ASOSIY TEZKOR TUGMALAR (2), ILON MASK INTERNET LOYIHASI, O’zbekistonda bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen havflar, 1477216731 63678, Ma`lumotlar bazasi 212121, 1-amaliy mashg`ulot, Mambetkarimov A\'mirbek ITS, 8-MARUZA TASODIFIY MIQDOR TUSHUNCHASI. TAQSIMOT FUNKSIYA VA UNING XOSSALARI.

    Operatsion tizimlar. Ularning vazifalari va turlari

    Reja:


    1. MS DOS operatsion tizimi.

    2. Fayllar va kataloglar haqida

    3. DOSning ayrim buyruqlari



    Tayanch iboralar: Operatsion tizim, MS DOS, buyruqlar (komandalar), disk fayl, fayl nomi va kengaytmasi, katalog, joriy katalog, tub katalog, tashqi va ichki katalog
    1.MS DOS operatsion tizimi
    MS DOS operatsion tizimi Microsoft firmasining ilk operatsion tizimlaridan. Bu operatsion tizim 1981 yilda IBM kompaniyasining buyurtmasiga asosan yaratilgan. MS DOS OT quyidagi qismlardan tashkil topgan:

    • BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat.

    • Operatsion tizimning yuklovchisi. Bu tizim juda qisqa dastur bo’lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning qolgan ikki modulini o’qishdan iborat.

    • io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yuklovchisi xotiraga ko’chiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi.

    • MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni qayta ishlaydi. Buyruq protsessori OT yuklanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi.

    • MS DOSning tashqi komandalari - OT bilan birgalikda yuklanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va xokazo.

    • Qurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimini to’ldiradi, yangi qurilmalarning ishini ta‘minlaydi , mavjud bo’lgan qurilmalarning nostandart ishlatilishini ta‘minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida ko’rsatiladi.



    Download 70.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 70.5 Kb.