|
Tayyorladi: Sharipov. B qabul qildi: Xaqiqov. A mavzu: Tok otsechkasining ishlash prinsipi. Reja: Tokli himoyalar
|
bet | 1/4 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 327,97 Kb. | | #120760 |
Bog'liq bunyodbek Rele himoyasi
Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti Elektr energetika yo’nalishi 50-20 guruh talabasi Sharipov Bunyodbek Rele ximoyasi fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi.
Tayyorladi: Sharipov.B
Qabul qildi: Xaqiqov.A
Mavzu: Tok otsechkasining ishlash prinsipi.
Reja:
Tokli himoyalar.
Tokli himoya uchun ta’sir etuvchi kattalik himoya o‘rnatilgan joydan o‘tuvchi tok hisoblanadi. Eng birinchi va oddiy tokli himoya eruvchan saqlagichlar yordamida bajarilgan. Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda ular xozir ham qo‘llaniladi. Tokli himoyalarning ikki turi bo‘lib, birinchisi – tokli kesim (TK) va ikkinchisi – maksimal tokli himoya (MTH) deb yuritiladi..
Maksimal tokli himoyalar
MTH bir tomonlama ta’minlangan elektr ta’minot tizimida asosiy himoya turi hisoblanadi. Ikki tomonlama ta’minlanadigan hamda murakkab sxemali tizimlarda MTH yordamchi himoya sifatida ishlatiladi. MTH ning tanlovchanligi sabr vaqti yordamida amalga oshiriladi. Bir tomonlama ta’minlanadigan tarmoqlardagi har bir liniyaning boshida manba tarafdan boshlab MTH o‘rnatiladi. Buning natijasida liniyalar alohida himoyaga ega bo‘ladi. K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lsa , qisqa tutashuv toki tarmoqning barcha qismlaridan o‘tadi, natijada hamma o‘rnatilgan himoyalar ishga tushadi. Lekin tanlovchanlik shartiga asosan faqat shikastlangan liniya o‘chirilishi kerak. Buning uchun MTH sabr vaqti bilan bajariladi va bu vaqt iste’molchidan manbaga sari ortib boradi. Shu prinsip amalga oshsa K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lganda
1 – himoya ishga tushib shikastlangan liniyani o‘chiradi, 2, 3, 4 – himoyalar ishga tushib ulgurmasdan ular avvalgi hollariga qaytadi. Xuddi shundek, K2 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa 2 – himoya tezroq ishga tushadi, 3 –himoya esa ko‘proq sabr vaqtli bo‘lgani sababli ishlamaydi. Sabr vaqtini bunday tanlash pog‘onalik prinsipi deb ataladi. t – sabr vaqtining pog‘onasi deyiladi. t=0,5 0,6 sek oraliq olinadi. Sabr vaqti tokka bog‘liq, bog‘lik bo‘lmagan yoki qisman bog’liq bo’lishi mumkin.
MTH sxemalari
Himoyaning prinsipial sxemalari birlashgan yoki tarqoq holda ko‘rsatilishi mumkin. Birlashgan sxemalarda relening chulg‘amlari va kontaktlari bir-birlariga tegishli ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi. Sxemalar murakkablashgan sari tok va kuchlanish zanjirlari, hamda operativ zanjirlar alohida chizilishi lozim. Operativ zanjirlarning manbaiga qarab MTH ikki guruhga bo‘linadi:
1. O‘zgarmas tokli
2. O‘zgaruvchan tokli
|
| |