• Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi
  • Tok otsechkasining ishlash zonasi




    Download 327,97 Kb.
    bet3/4
    Sana16.12.2023
    Hajmi327,97 Kb.
    #120760
    1   2   3   4
    Bog'liq
    bunyodbek Rele himoyasi

    Tok otsechkasining ishlash zonasi
    O‘ta kuchlanishlardan naysimon razryadniklar yordamida himoyalangan liniyalarda tok otsechkasi uchun ishlash vaqti 0,06 - 0,08 s ga teng bo‘lgan oraliq relelar olinishi kerak. Tok otsechkasi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtirilganligi sababli minimal qisqa tutashuv rejimida uning ishlash zonasi qisqaradi. Agar tok otsechkasi liniyaning 20% dan ortiq qismini himoya qilsa, uni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tok otsechkasi liniyani to‘liq himoya qila olmasligi sababli uni asosiy himoya sifatida ishlatish mumkin emas. Tok otsechkasi faqat MTH bilan birgalikda ishlatiladi.
    Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi
    Tok otsechkas ishlamasligi mumkin bo‘lgan zonani kamaytirish uchun himoyalanayotgan liniyaga hayallash vaqtiga ega bo‘lgan Tok otsechkasi A1 o‘rnatiladi va uning himoya zonasi keyingi liniyaning ham bir qismini o‘z ichiga oladigan qilib bajariladi. Keyingi liniyaga esa darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasi o‘rnatiladi. Hatijada A1 himoya W1 liniyani to‘liq himoya qiladi. Keyingi W2 liniyaning boshlanish qismida qisqa tutashuv bo‘lganda avval A2 himoya ishlab, A1 himoyaning noto‘g‘ri ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi.
    Himoyaninig ishlash toki ni aniqlash.
    MTH shikastlanishlarda ishonchli bo‘lishi kerak. Yuklamaning maksimal toklarida va qisqa davom etuvchi tok sakrashlarida bu himoya ishlamasligi shart. Parametrlarni tanlash shartlari quyidagicha:

    1) Himoyaning tok relesi yuklama tokining maksimal qiymatida


    harakatga kelishi mumkin emas, Shuning uchun himoyaning ishlash toki eng katta yuklama tokidan katta bo‘lishi kerak.
    bu yerda: – himoya qilinayotgan elementdagi maksimal ishchi tok.
    – himoyaning ishlash toki, birlamchi tok. – relening ishlash toki (ustavka toki), bu ikkilamchi tok hisoblanadi.
    2) Qisqa tutashuvda harakatga kelgan tok relelari qisqa tutashuv o‘chirilgandan so‘ng boshlang‘ich holatiga qaytishi zarur. >
    bu yerda: Iq– relening qaytish toki.

    Download 327,97 Kb.
    1   2   3   4




    Download 327,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tok otsechkasining ishlash zonasi

    Download 327,97 Kb.