|
O‘zgarmas tokli uch fazali sxemalar
|
bet | 2/4 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 327,97 Kb. | | #120760 |
Bog'liq bunyodbek Rele himoyasiO‘zgarmas tokli uch fazali sxemalar.
O‘zgarmas tokli uch fazali sxema himoyaning tok zanjirida uchta fazaga o‘rnatilgan TA1, TA2, TA3 tok transformatorlari va uchta KA1, KA2, KA3 tok relelarini to‘liq Yulduz usulida yig‘ib amalga oshiriladi. Texnika xavfsizligi talablariga mos ravishda tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari zaminlanadi. Rasmda MTH ning uch fazali sxemasi alohida zanjirlarda keltirilgan. Himoya qilinayotgan liniyadagi qisqa tutashuv turiga qarab bir yoki bir necha tok relesi (KA) ishga tushadi, natijada vaqt relesi KT ning chulg‘amidan tok o‘tadi. Ma’lum bir fursatda keyin rele KT ning kontaktlari qo‘shilib oraliq relesi KL ni ishga tushiradi. Oraliq relesi KL vaqt relesi KT kontaktlarini quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi. KL ning kontaktlari ko‘rsatish relesi KN va o‘chirgichning blok – kontaktlari Q orqali o‘chiruvchi solenoidning zanjirini tutashtiradi, bu esa Q o‘chirgichni o‘chishiga olib keladi, keyin blok kontakt Q himoya zanjirini uzadi.
Uch fazali uchta releli MTH. a) Tok zanjiri b) operativ zanjir
MTH ni ishlash toki, sabr vaqti va sezgirlik kojeffitsienti himoyaning aniqlanishi talab etiladigan parametrlari hisoblanadi. O‘chirgichni o‘chirishga olib keladigan fazadagi birlamchi minimal tok himoyaning ishlash toki deyiladi ( ). Shu vaqtda relening chulg‘amidan o‘tayotgan ikkilamchi tok relening ishlash toki hisoblanadi ( ). himoyani dastlabki holatiga qaytaruvchi maksimal tok qaytish toki deyiladi. Qaytish tokening ishlash tokiga nisbati relening qaytish koeffitsiyenti deb ataladi ).
Tok otsechkasining ishlash zonasida ko‘rsatilgan.
Tok otsechkasining ishlash toki: Ihi= Kz Ik.max bu erda Ikmax - himoya qilinayotgan ob’ektning manba tomonidan hisoblaganda so‘nggida qisqa tutashuv. bo‘lganda hosil bo‘ladigan eng katta tok; Kz - zahira koeffitsienti, RT-40 rele qo‘llanilgan bo‘lsa, Kz=1,2...1,3.
Tok otsechkasining sxemasi MTH ning sxemasidan faqat vaqt relesining yo‘qligi bilan farq qiladi. Tok otsechkasining ishlash vaqti tok va oraliq relelarining ishlash vaqtlari yigindisiga teng bo‘lib, odatda, t = 0,04 - 0,06 s ni tashkil qiladi.
|
| |