Tayyorlash usullari




Download 296,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.06.2024
Hajmi296,41 Kb.
#266272
1   2   3   4   5
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
June, 2023 
ISSN: 2835-5326
Website:
econferenceseries.com
33 | 
P a g e
o’simliklardan olinadi. Bu ko’rsatkich ayrim kasalliklarni-masalan, yurakqon 
tomirlari kasalliklarini davolash sohasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80 % 
ni tashkil qiladi. Kelajak tibbiyotida o’simliklardan olinadigan dorivor preparatlar 
va dorivor o’simliklarni yanada ko’proq ishlatish rejalashtirilmokda. 
Dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan tabiiy preparatlarga tibbiyot sohasida 
bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bu hol asosan sintez yo’li bilan olingan har 
bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste‘mol qilish inson va 
hayvon organizmida turli noxush o’zgarishlarni yuzaga keltirishi bilan izohlanadi. 
SHunga ko’ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor preparatlariga- 
fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga ehtiyoj ortmoqda. Bu esa o’z navbatida 
dorivor o’simliklarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fani ahamiyatining 
yanada oshishiga va uni yanada chuqur o’rganishga olib keladi. 
O’zbekiston tibbiyotida qo’llaniladigan dorivor vositalarning 38-40% ni 
o’simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba‘zi og’ir kasalliklarni 
davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak 
glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va 
boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo’li bilan olib bo’lmadi. 
Ularni olish manbai hozircha faqat o’simliklar bo’lib qolmoqda. 
Hamdo’stlik mamlakatlari juda katta turli geografik hududlardan tashkil topgan. Bu 
hududlar tropikdan tashqari hamma iqlimli tumanlarni: abadiy muzlik bilan 
qoplangan baland tog’lar, tundra, tayga o’rmonlari, cho’l, yarim cho’l, sahro hamda 
nam subtropik va boshqalarni o’z ichiga oladi. SHuning uchun ham ularning florasi 
juda boy. U 19000 dan ortiq o’simlik turlaridan tashkil topgan. SHular ichida dorivor 
o’simliklar ham ko’p. Ammo, hozirgi vaqtda ularni hammasidan ham tibbiyotda 
kasalliklarni davolashda to’liq foydalanilmayapdi. 
Farmatsevtika Farmatsevtikasanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida 
har yili katta miqdorda dorivor o’simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar 
asosan tabiiy holda o’sadigan dorivor o’simliklardan yig’iladi. Yil sayin dorivor 
o’simlik xom ashyo mahsulotlariga bo’lgan talab oshmoqda. Bu esa o’z navbatida 
tayyorlanadigan xom-ashyo mahsuloti miqdorining oshib borishiga sabab 
bo’lmoqdalar. 
Tabiiy holda o’sadigan dorivor o’simliklarning xom ashyo zahirasi har qancha ko’p 
bo’lmasin, farmatsevtika sanoatiningdorivor o’simlik mahsulotlariga bo’lgan 



Download 296,41 Kb.
1   2   3   4   5




Download 296,41 Kb.
Pdf ko'rish