Tayyorlash usullari




Download 296,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.06.2024
Hajmi296,41 Kb.
#266272
1   2   3   4   5
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
June, 2023 
ISSN: 2835-5326
Website:
econferenceseries.com
34 | 
P a g e
talabiri qondirish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda tabiiy 
sharoitda o’sadigan o’simliklarni populyasiyasini saqlab qolish va ularni xom 
ashyolarini tayyorlashni belgilangan tartibda amalga oshirish talab etiladi. Bu esa 
mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy-amaliy asoslangan rejasini ishlab chiqish va 
unga qat‘iy rioya qiliishni taqozo etadi. 
Dorivor o‘simlik xom ashyolarini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Dorivor o’simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig’ish. 
3. Yig’ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig’ilgan mahsulotni standart (tavar) holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo’natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash. 
Dorivor o’simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi va tashkil 
qilinadi: 
- ma‘lum tuman buyicha dorivor o’simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni 
tumanda yig’ish mumkin bo’lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda 
aniqlash; 
- ro’znoma va radio orqali xalq o’rtasida qanday dorivor o’simliklar qachon, qanday 
qilib, qaerda yig’ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda topshirilishi 
lozimligi to’g’risida to’liq axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish;
- xudi shu ko’rsatilgan masalalarni to’liq aks ettiradigan varaqalar chop ettirish va 
uni aholi ko’p yig’iladigan, hammaga yaxshi ko’rinadigan erlarga osib qo’yish; 
- dorixona qoshida dorivor o’simlik xom-ashyolari tayyorlovchilar uchun qisqa 
muddatli o’qish (tushuntirish) ni tashkil etish;
- dorivor mahsulotni yig’iladigan erni aniqlash; 
- dorivor o’simliklar ko’p o’sadigan joyini va zahirasini aniqlash;
- dorivor mahsulot yig’iladigan joyni tanlaganda iloji boricha transport vositasi 
(avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan joydan olis bo’lmasligini hisobga 
olish kerak. 
Dorivor o‘simliklar havo ochiq paytida, shudring ko‘tarilgach yig‘ib olinadi. Shuni 
esda tutish kerakki, ko‘pchilik o‘simliklarning tarkibida zaharli moddalar bo‘ladi. 
Bunday dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dorilarda zaharli moddalar biroz 



Download 296,41 Kb.
1   2   3   4   5




Download 296,41 Kb.
Pdf ko'rish