Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date:
5
th
June, 2023
ISSN: 2835-5326
Website:
econferenceseries.com
31 |
P a g e
TIBBIYOTDA DORIVOR O'SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI
TAYYORLASH USULLARI
Jurayeva Dastagul Ergashevna,
Tosheva Lola Sunnatovna,
Mamarajabova Dilfuza Ergashevna
Samarqand Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Farmatsiyaga oid fanlar kafedrasi o’qituvchilari
Annotatsiya:
Hozirgi kunga kelib dorivor o’simliklarga bo’lgan talab yanada ortib bormoqda.
Shuning uchun dorivor o’simliklarni o’rganish, ularning kasalliklarga ta’sir kuchi
bilish, ulardan dori-darmon vositalarini tayyorlash
dolzarb mavzulardan
hisoblanadi. Ushbu maqolamizda dorivor o’simliklarni yetishtirish, dorivor
o’simliklarning kasalliklarga tasir kuchi va ulardan
tibbiyotda dori-darmon
tayyorlash haqida eng so’nggi ma’lumotlar keltirildi.
Kalit so’zlar:
Dorivor o’simliklar, alkaloidlar, barg, gul, meva, urug’, glikozid,
fermer, o‘rmon, ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz.
Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida
ishlab chiqarilayotgan
dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan
tayyorlanmoqda. Mutloq ko'pchilik mamlakatlarda,
shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday
korxonalaming dorivor o'simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga
sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar
zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning
dorivor o'simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan
talabini, asosan, dorivor o'simliklar
o‘stirish orqaligina qondirish mumkin.
Biroq Dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasi fani shu vaqtga qadar mustaqil
darslik sifatida ishlab chiqilgan emas. Buning ustiga hozirgi vaqtgacha
mamlakatimizning
ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon, dehqon va boshqa mulkchilik
shaklidagi xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarni, ularni o‘stirish texnologiyalari
mukammal
ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish
qilinmoqda. Shu sababli ham farmatsevtika sanoatini sifatli, mo‘l, tannarxi arzon va
ekologik sof xom-ashyo bilan ta’minlash katta muammo bo‘lib qolaveradi. Bu holat,