|
Tayyorlash usullari
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date:
5
th
June, 2023
ISSN: 2835-5326
Website:
econferenceseries.com
32 |
P a g e
albatta, dorivor o‘simliklar xom-ashyosi yetishtirish bilan shug'ullanuvchi
xo‘jaliklarni dorivor o‘simliklar o'stirish texnologiyalarini puxta egallagan
mutaxassislar bilan ta’minlashni taqozo qiladi.
O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dori vositalarining 38-40% ini dorivor
o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi og'ir kasalliklarni
davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak
glikozidlari, qator alkaloidlar. terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va
boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li bilan olib bo'lmaydi.
Ularni olish manbai hozircha faqat o'simliklar bo'lib qolmoqda.
Dorivor o’simliklarni izlab topish va o’rganish ishi hozir ham keng ko’lamda olib
borilmokda. Yangi dorivor o’simliklarni topishda xalq tabobatida ishlatiladigan
dorivor mahsulotlarni o’rganish, o’simliklarni filogenetik qardoshligidan
foydalanish bilan bir qatorda ma‘lum tuman florasini yalpi kimyoviy analiz qilish
katta ahamiyatga ega.
Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivor o’simliklardan dori
turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor moddalar
olinadi. Buning uchun shu o’simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega
biologik faol moddalarga boy bo’lgan qismlaridan-ya‘ni, ba‘zi o’simliklarning er
osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba‘zilarining esa ustki
organlaridan (barg, gul, meva, urug, po’stloq yoki o’t o’simliklarning butunlay er
ustki qismi o’ti) foydalaniladi. Ba‘zi dori turlari, dorivor preparat va toza moddalar
o’simlik hamda hayvonlarning birlamchi ishlash yo’li bilan olingan efir moylari,
smolalar, moy va yog’lar, daraxt elimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari), lanolin,
prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi
Dorivor o’simliklarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasida dori turlari tayyorlash
hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor
o’simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo’li bilan olingan
mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi.
Dorivor o’simliklarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fanining
asosiy negizi «farmakognoziya» fani bo’lib, uning tibbiyotda ahamiyati katta.
CHunki, kimyo fanining, ayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqkiy
qilishiga va ko’plab kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo’li bilan
olinishiga qaramay tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor preparatlarning 10 ga yaqin
|
| |