IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
56
Vanavar Bush tomonidan "kitoblarni, yozuvlarni
va xabarlarni saqlash, ishlov
berish, uzatish" imkonini beruvchi xususiy qurilmalar
yaratish haqida fikrlar
bildirilgan edi.
Elektron nashriyot ishi rivojining keyingi bosqichi 1968 yilga to‗g‗ri keladi.
Ted Nelson tomonidan "gipertekst"ning yaratilishi, ya‘ni
World Wide Web
asosining yaratilishi ayni paytda matnlarni Internet da saqlashning va hozirgi
paytda yaratilayotgan elektron kitoblarning bosh formatining
yaratilishiga asos
bo‗ldi.
1968 yil talaba Alan Kay tomonidan kitob vazifalarini bajaruvchi DynaBook
portativ interaktiv kompyuter loyihasi ishlab chiqildi. Yigirma yildan keyingina
ushbu loyiha tijoratda amalga oshirildi. 1971 yildan boshlab
Illinois Benedictine
College tashabbusi bilan bugungi kunda eng ko‗p elektron formatli kitoblarni o‗z
ichiga olgan Projest Gutenberg loyihasi amalga osha boshladi. 1981 yilda bizga
ma‘lum bo‗lgan Ted Nilson "Xanadu" guruhini tashkil qiladi va elektron kitoblar
bilan savdo qilishni rejalashtiradi. 1982 yilda Onlayn
rejimida ishlovchi FSFnet
birinchi elektron jurnal paydo bo‗ldi. Unda badiiy asarlar - qisqa fantastik
xikoyalar bosildi. Shunday qilib, 1998 yili bir paytning o‗zida ikkita qurilma- tom
ma‘nodagi elektron kitob sotuvga chiqarildi. Bular "SoftBook Reader" va "Rocket
eBook" lardir.