IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
54
Ma‘lumotlar bazasidagi ma‘lumotlar orasidagi mantiqiy bog‗liqlik
tizimda biz qanday masala yechayotganimizga bog‗liq bo‗ladi. Bu yerdan
ko‗rinadiki, ma‘lumotlar mantiqiy tarkibi va EHM da ma‘lumotlarni
fizik
ifodalovchi orasida ularni bog‗lovchi dastur zarur ekan. Bunday dastur
ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) deyiladi. Axborot ta‘minotida
asosiy tushuncha sifatida «axborot» qaraladi. Bu tushunchaning o‗zi falsafa
kategoriyalariga tegishlidir. Ba‘zi bir olimlar axborot tushunchasini ob‘ektiv
olamning aksi sifatida qabul qilishsa, ba‘zilari esa uni aniq bir boshqaruv ob‘ekti
haqidagi ma‘lumot deb qarashadi. Biz axborot tushunchasiga falsafiy nuqtai
nazardan qaramaymiz. Bizni ko‗proq amaliy jihat qiziqtiradi, ya‘ni axborotni
kompyuter xotirasida saqlash,
formallashtirish, ishlov berish va kutubxona
ma‘lumotlar bazasini yaratish. Axborot ta‘minotini ishlab chiqishda, uning
ko‗rinishi qanday va u qanday uzatiladi, saqlanadi, uni qanday guruhlarga ajratish
mumkin, ya‘ni qanday tasniflanishini aniqlash muhimdir. Axborot tasnif guruhlari
ularni mashina tashuvchilarda ratsional joylashtirish va ishlov berish jarayonlarini
tashkil qilishga yordam beradi. Kompyuter yordamida turli axborot tashuvchilarda
saqlanayotgan va uzatilayotgan formallashtirilgan axborotlar «ma‘lumotlar»
deyiladi. Avtomatlashtirilgan kutubxona axborot ta‘minoti mashinadan tashqi va
mashina ichki ta‘minotlarga bo‗linadi.
Mashinadan tashqi axborot ta‘minoti o‗z ichiga:
-
bibliografik va boshqa axborotlarni tasniflash va kodlash tizimini;
-
me‘yoriy-spravka va uslubiy hujjatlarni oladi;
Mashina ichki axborot ta‘minoti o‗z ichiga:
-
ma‘lumotlarni yig‗ish, yuritish, tashkil etish
vazifalarini bajaruvchi
dastur tizimini;
-
mashina tashuvchilarda joylashgan ma‘lumotlar massivlari: elektron
kataloglar, annotatsiyalar va to‗liq matnli axborotlar bazasini oladi.
Korporotiv kutubxona tizimlari uchun ma‘lumotlar bazasi yaratishda bir
qator muammolar mavjud:
1.
Ortiqcha axborotlar mavjudligi.
Korporativ
kutubxona
tizimlarida
umumiy
ma‘lumotlar
bazasi
yaratilayotganda tizimda ishtirok etuvchi kutubxonalarga tegishli ma‘lumotlar
odatda takrorlanib tasvirlanadi va sturukturalanadi. Buning natijasida axborot
bazasi birini hisobiga ikkinchisining ehtiyoji qondiriladi, bu hol korporativ
tarmoqlarda ham ro‗y beradi.
2.
Qarama-qarshilik.
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
55
Kutubxona tizimlaridagi qarama-qarshilik asosan ma‘lumotlarni takrorlash
(dublirovanie) hisobiga bo‗ladi. Kutubxonalar ichidagi
va korporativ kutubxona
tarmoqlari orasidagi faoliyatda kelishilmagan ishlar (elektron kataloglar va
ma‘lumotlar bazasi yaratishda) qarama-qarshi axborotlar paydo bo‗lishiga olib
keladi.
3.
Standartlashtirish va unifikatsiyaning qoniqarsizligi. Kutubxona
tizimlarida kutubxona formatlariga, standartlariga va unifikatsiyalashgan
formalarga rioya qilish muhim talablardan hisoblanadi. Bu talablarni bajarish faqat
o‗z axborot resurslarini yaratishda emas, balki xalqaro kutubxona-axborot tizimlari
integratsiyasida, xalqaro axborot tizimlariga kirishda ham talab etiladi. Axborot
ta‘minoti dasturlarini yaratuvchi tashkilotlar xarajatlarini kamaytirish maqsadida
o‗zlariga qulay va sodda bo‗lgan axborotlarni tasvirlash
standartlarini yaratgan
tashkilotlar «ikki barobar xarajat qiladilar», (ular axborotlar qamalida bo‗ladilar).
Ularni tushunishmaydi, ular ham boshqalarni tushuna olmaydilar.
Axborot ta'minoti:
Har qanday kutubxonani avtomatlashtirishga mo‗ljallangan tizim samarali
ishlashi uchun u tegishli axborotlar bilan ta'minlangan bo‗lishi kerak. Masalan,
IRBIS tizimining axborot ta'minoti quyidagi ma'lumotlar bazalaridan iborat:
• fondni butlash - CMPL;
• elektron katalog bazasi - IBIS;
• kitobxonlar to‗g‗risidagi ma'lumotlar - RDR;
• byurtmalar bazasi - RQST;
• ruknlar bazasi - GRNTI - HELP;
• avtoritet fayllar bazasi - ATHRA va boshqalardan iborat.
Bunday ma'lumotlar bazalarini shalkllantirmasdan turib,
KAT samarali
faoliyat ko‗rsata olmaydi. O‗z navbatida, ma'lumotlar bazalariga kiritilayotgan
axborotlar standartlashtirilgan bo‗lishi zarur. Masalan, tizimda foydalaniladigan
so‗zlarning (atamalarning) qisqartmalari. Rossiyada ruscha so‗zlarning
qisqartirilgan shaklda ishlatish standarti qabul qilingan va u IRBIS tizimida
foydalaniladi.