Kataloglashtiruvchining avtomatlashtirilgan ish o„rni (AIO„) Kataloglashtiruvchining AIO„ asosan tizimning elektron katalogi (EK)
bazasini shakllantirishga mo‗ljallangan bo‗lib bu yerda kutubxona fondiga kelib
tushayotgan adabiyotlarga bibliografik ishlov berish va kitobxonlarning elektron
formulyari yaratiladi. Ma‘lumotlar EK bazasiga klaviatura yordamida qo‗lda
terilib, kiritiladi va ayni paytda EK bazasini shakllantirishda avvaldan
tayyorlangan bibliografik yozuvlar bazasidan o‗z EK bazasini yaratishda
foydalanish imkonyati ham yaratilgan. Bu yerda shuni alohida qayd qilish lozimki,
Alisher Navoiy nomidagi O‗zbekiston Milliy kutubxonasining shu paytgacha
xalqaro talablarga mos holda yaratilgan 150 000 dan ortiq elektron bibliografik
resurslaridan samarali foydalanishga keng yo‗l ochilgan. Demak, KARMAT tizimi bilan ishlaydigan AKM, ARM va kutubxonalar o„z EK bazalarini shakllantirishda tayyor elektron bibliografik resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo„ladilar. Bu esa o„z navbatida EK yaratish jarayonini
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
48 tezlashtiradi, uning sifatli bo„lishiga olib keladi. Fonddagi bir kitobning
bibliografik tavsif elementlarini EK bazasiga kiritish uchun o‗rtacha 15-25 daqiqa
sarf bo‗layotganligini nazarda tutadigan bo‗lsak KARMAT tizimidan
foydalanishning
naqadar
afzalligini
tushunib
yetamiz.
Tizim
Web
texnologiyalarining so‗nggi yutuqlaridan foydalanib yaratilganligi tufayli
KARMATning maxsus moduli AKM, ARM va kutubxonalarning elektron
bibliografik resurslarini Internet tarmog‘ida taqdim qila oladi.
Foydalanuvchilarni ARMning elektron katalogida ro„yxatdan o„tkazish KARMAT-M
tizimida
foydalanuvchilarni
ro‗yxatdan
o‗tkazish
(kitobxonning
elektron
formulyarini
yaratish)
―Kataloglashtiruvchining
avtomatlashtirilgan ish o‗rnida‖ amalga oshiriladi. Kataloglashtiruvchining ish
o‗rnini ishga tushirish uchun ―Login‖ va ―Parol‖ maydonlariga mos ravishda ―cat‖
va ―11‖ kiritiladi (2.1-rasm).
2.1-rasm.
―Kiritish‖ tugmasi bosilgach quyidagi interfeysga ega bo‗lamiz (2.2-rasm).
2.2-rasm.
Paydo bo‗ladigan menyuning ―Katalogkashtirish‖ qismidan ―Kitobxonlar‖
tugmasiga sichqoncha bilan chertamiz va kitobxonlarning elektron formulyarini
yaratish imkoniyatiga ega bo‗lamiz. Bu yerda ARMga a‘zo bo‗lgan
kitobxonlarning ro‗yxatini ko‗rishimiz mumkin. Ro‗yxatdagi ma‘lumotlarga zarur
hollarda tuzatishlar kiritishimiz mumkin, buning uchun o‗ng tomondagi
―taxrirlash‖
belgisi ustiga sichqoncha bilan chertsak maxsus deraza ochiladi va
u yerda kerakli tuzatishlarni bajarishimiz mumkin. Kitobxonlarni ro‗yxatdan
o‗chirish uchun kitobxon familiyasining o‗ng tomonida turgan ―o‗chirish‖
tugmachani bosamiz va bergan buyruqni tasdiqlaymiz.
YAngi kitobxon to‗gisidagi ma‘lumotlarni EK bazasiga kiritish yoki
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
49 kitobxonning elektron formulyarini yaratish uchun Sahifada keltirilgan ―Yangi
kitobhon qo‘shish‖ tugmasini bosamiz va keyingi shaklga ega bo‗lamiz.