• Axborot resurs markazlari uchun zamonaviy texnik vositalar.
  • Plata- bu axborotlarni jo‗natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/48
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,7 Mb.
    #134080
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
    Bog'liq
    cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

    Plata- bu axborotlarni jo‗natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma.  
    Odatda, bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter shinasining 
    kengaytirilgan bo‗sh o‗rniga o‗rnatiladi, ma‘lumotlarni uzatuvchi kabel esa shu 
    plataga o‗rnatiladi. Bugungi kunda tarmoqda ishlatiluvchi bir necha tipdagi 
    kabellar mavjud. Bularga signalni modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni 
    modullashtiruvchi koaksil kabel va optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar 
    ma‘lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va ulanish usullari bilan farqlanadi. 
    Axborot resurs markazlari uchun zamonaviy texnik vositalar. 
    AKM va ARM lar zimmasiga aholiga axborot-kutubxona xizmati 
    ko‗rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‗tarish, kitobxonlarning ilmiy, ta‘lim, 
    axborot, madaniyat va biznes sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot 
    texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish; kitobxonlarga an‘anaviy 
    kutubxona xizmati ko‗rsatishdan o‗z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-
    ta‘lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‗li bilan axborot-
    kutubxona xizmati ko‗rsatishga o‗tishni ta‘minlash; yig‗ma elektron katalog 
    yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma‘lumot 


    IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 
    39 
    bazalarini yaratish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan. Albatta, bunday vazifalarni 
    bajarish uchun AKM va AKM lar texnik, dasturiy, axborot, lingvistik, tashkiliy-
    texnologik hamda kadrlar ta‘minotiga ega bo‗lishi kerak. An‘anaviy kutubxonalar 
    uchun kompyuter va boshqa bir qator texnika vositalarini sotib olish, kutubxonada 
    lokal tarmoq barpo qilish hamda internet tarmog‗iga ulanish bilangina cheklanib, 
    AKM va ARM yaratdik deb o‗ylash xatodir, zero zamonaviy talablarga javob 
    beruvchi AKM va ARM larini barpo qilish o‗ta murakkab va ancha mablag‗ 
    hamda vaqt talab qilinadigan ishlardandir. Bugungi kunda kutubxonalar uchun 
    faqat texnika vositalarini sotib olish, o‗rnatish, kutubxonada lokal tarmoq yaratish, 
    Internet tarmog‗iga ulash bilan avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlari 
    yaratdik deb o‗ylash noto‗g‗ridir.
    Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda dasturiy ta‘minotning o‗rni 
    beqiyosdir. Bizga ma‘lumki, avtomatlashtirilgan axborot - kutubxona tizimi 
    (AAKT) o‗zaro yagona ma‘lumotlar bazasi orqali bog‗langan bir necha (dasturiy, 
    texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) ta‘minotlardan iborat. 
    Ana‘naviy kutubxonada ushbu ta‘minotlar tizimini yaratmasdan turib, AKM va 
    ARM yaratish hech qanday samara bermaydi. AKM va ARM lar barpo qilinishi va 
    ular to‗laqonli faoliyat yuritishlari uchun kutubxonadagi quyidagi asosiy jarayonlar 
    avtomatlashtirilishi zarur: 
    • kutubxonaga qabul qilinayotgan yangi hujjatlarga avtomatik tarzda (texnik 
    va ilmiy) ishlov berish; 
    • kartotekalarni, nashrlar ro‗yxatini, buyurtmalarni, xatlarni, hisobot 
    hujjatlarini tayyorlash; 
    • qabul qilinayotgan hujjatlarning ma‘lumotlar bazasini yaratish; 
    • turli mavzudagi adabiyotlar arxivini yaratish va undan nusxa olish bo‗yicha 
    operatsiyalarni bajarish; 
    • kitobxonlar so‗roviga mos holda bibliografik tasvirning barcha elementlari 
    bo‗yicha qidiruvni bajarish
    • kutubxonaning axborot va davriy nashrlarining ma‘lumotlar bazalari orqali 
    xizmat ko‗rsatish; 
    • jurnal maqolalarining bibliografik tavsiflari massivini yuritish; 
    • elektron ma‘lumotnomalar yaratish; 
    • berilgan adabiyotlarni nazorat qilish; 
    • kitobxonlar va ularning formulyarlarini hisobga olish; 
    • berilgan adabiyotlarni kitobxonning formulyariga avtomatik tarzda yozib 
    qo‗yish; 
    • kitoblarni o‗z vaqtida qaytarib berilishini nazorat qilish; 
    • kutubxona elektron katalogini shakllantirish, yuritish. 


    IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plata- bu axborotlarni jo‗natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish