Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/48
Sana10.01.2024
Hajmi2,7 Mb.
#134080
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

33 
 
Adabiyotlar va internet resurslar 
1. ―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB 
OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages – 133. 
2. "Harris, M.H. History of Libraries in the Western World, 4th ed. 
(Scarecrow, 2011) 
3. http://en.wikipedia.org/wiki/Library_science 
4. http://
WWW.rocket-library.com/)
 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
34 
 
AMALIY MASHG`ULOT 
MATERIALLARI
IV. BO`LIM


IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 
35 
IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
 
1-amaliy mashg‟ulot. Axborot kutubxona muassasalarinning texnik 
ta‟minoti. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona muassasalarinning 
texnikaviy tuzilmasi 
 
Ishdan maqsad: Axborot kutubxona muassasalarini texnik ta‘minotini 
o‘rganish. Foydalanuvchularga xizmat ko‘rsatishda texnika samaradorligini 
aniqlash. Ma‘lumotlarni saqlashda texnika vazifalarini belgilab olish va AKM 
uchun texnik tuzilma ishlab chiqish. 
 
Kutubxonaga kompyuterlar olinmasdan avval, kutubxonada qanday ishlarni 
avtomatlashtirish mumkin va bunda qanday masalalar hal qilinishi to‗g‗risida 
jiddiy o‗ylab ko‗rish lozim. Moliyaviy imkoniyatni ham chamalab ko‗rish va eng 
kerakli texnika vositalarini sotib olishni mo‗ljallash kerak. Moliyaviy muammolar 
bo‗lganda va kutubxonadagi kadrlar tayyorgarligi yetarli emasligi hamda elektron 
pochta va Internetga ulanishda muammolar borligi yuqorida aytilgan fikrning 
muhim ekanligini ko‗rsatib turibdi. Bu yerda yana bir narsani hisobga olishga 
to‗g‗ri keladi, u xam bo‗lsa texnika vositalarini sotib olish, uni doimo profilaktik 
nazorat qilish va butlovchi qismlar bilan ta‘minlashni talab etadi. Bu esa 
qo‗shimcha xarajatlar demakdir.
Shaxsiy kompyuter (ShK) elektron kutubxonalarning muhim texnik elementi 
hisoblanadi. Bu qo‗llanmada biz ShK lar qurilmalariga to‗xtalib o‗tirmaymiz, 
chunki bunga bag‗ishlangan bir qator adabiyotlar mavjud. Ammo shuni alohida 
qayd etish lozimki ShK elektron kutubxonada kutubxonachi ish o‗rnidan to 
servergacha turli vazifalarni bajaradi, lokal tarmoqdagi barcha jarayonlarni 
boshqaradi va axborotlarni uzatadi. 
SD tower (CD disk minorasi) – bu qurilma bir paytning o‗zida CD 
disklarning bir nechasini yuklash va turli manbalarga murojaat qilish imkoniyatini 
beradi. Uni ShK ning maxsus turi sifatida, katta hajmdagi axborotlarga ega 
bo‗lgan, bir necha CD disklarda joylashgan katta ma‘lumotlar bazasini 
boshqaruvchi kompyuter sifatida qarash mumkin. SD tower lokal tarmoqlar uchun 
server vazifasini ham bajarishi mumkin. 
Server - bu kompyuter bo‗lib, u bevosita kutubxona jarayonlarini 
avtomatlashtirishda (kataloglashtirish, fondni butlash va boshqa) foydalanilmaydi, 
ammo u umumiy tizimli resurslarga kirish uchun imkon beruvchi (hisoblash 
quvvatlari, ma‘lumotlar bazasi, dasturlar kutubxonasi, printerlar, fakslar va 
boshqalar) va bu resurslarni taqsimlovchi kompyuterdir.


IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 
36 
Bunday kompyuterdan pochta serveri va Internet serveri sifatida ishlatish va 
bu yo‗nalishdagi jarayonlarni boshqarishda foydalanish mumkin. Kutubxona 
tizimida ishlatilayotgan ko‗plab serverlar juda katta tashqi xotiraga va katta 
tezlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi, ular katta hajmdagi kutubxona 
axborotlarini, masalan, elektron kataloglarni saqlashga mo‗ljallangan. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish