Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana10.01.2024
Hajmi2,7 Mb.
#134080
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

 
Tizimlarning tannarxi. 
Zamonaviy tizimlarning narxi bir necha ming dollardan bir necha yuz ming 
dollargacha yetadi. Xar doim xam tizimning tannarxi uning sifat darajasiga mos 
kelavermaydi. Shunday tashkilotlar xam borki, agarda ularning tizimini 
kutubxonalar konsortsiumi, ya‘ni yagona maqsadga birlashgan (masalan, yig‘ma 
elektron katalog yaratish uchun) bir necha kutubxona sotib olsa, u xolda bu 
tashkilotlar tizim narxini ancha arzonlashtirishi mumkin. 
 
Bibliografik axborotlarni xalkaro talablarga mos xolda tasvirlash va 
qayta ishlash. 
AKTlarini ishlab chiquvchi xavaskor jamoalarning eng katta kamchiliklaridan 
biri ularning xalkaro standartlar va formatlarni bilmasligidir. Bu esa tizim bir yoki 
bir nechta kutubxonalar miqyosida ajralib qolishiga, elektron manbalar esa boshqa 
kutubxonalar uchun yopiq bo‘lishiga, ma‘lumotlarni xalqaro formatlar ko‘rinishida 
ayirboshlash va bibliografik axborotlarni uzatishga qo‘shimcha moddiy xarajatlar 
sarflanishiga olib keladi. 
 
 
 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
30 
Texnikaviy imkoniyatga mosligi
Agar kutubxonaning texnik vositalari ko‘p bo‘lmasa va yaqin orada ularni 
ko‘paytirish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, murakkab xisoblash texnikasini talab 
qiluvchi qimmatli AKT sotib olishga shoshilmagan ma‘qul. 
Tizimning texnikaviy xarakteristikalari (tizim kayta ishlashi mumkin 
bo‘lgan axborotning maksimal xajmi, qayta ishlash tezligi, telekommunikatsion 
imkoniyati, muloqot shakli va x.k.) 
Agarda kutubxonaning fondi uncha katta bo‘lmasa (aytaylik, 20-25 ming 
kitob va jurnal bo‘lsa), u xolda bu fondni qayta ishlashga mo‘ljallangan, ancha 
arzon kichik AKTni sotib olish mumkin. Agarda chet el tizimlari sotib olinsa, bu 
tizimda muloqot shakli chet tilida bo‘ladi, u xolda tizimni yetkazib beruvchidan 
muloqot shaklini maxalliy tilga o‘tkazishini talab qilish mumkin. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish