III.
NAZARIY MATERIALLAR
26
2. Elektron katalog nima?
3. Axborot-kutubxona fondi nima?
4. Axborot-kutubxona resursi nima?
5. Axborot-kutubxona faoliyati nima?
6. Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish nima?
7. Axborot-kutubxona fondi qanday jamlanadi
8. O‘zbekiston Respublikasining Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi
qonuni qachon qabul qilingan?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. ―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB
OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages – 133.
2. "Harris, M.H. History of
Libraries in the Western World, 4th ed.
(Scarecrow, 2011)
3. http://en.wikipedia.org/wiki/Library_science
4.
http://
WWW.rocket-library.com/)
III. NAZARIY MATERIALLAR
27
2-mavzu:
Zamonaviy Axborot-kutubxona muassasalari asosiy
ta‟minotlari: Axborot-kutubxona muassasasining texnik ta‟minoti, Axborot-
kutubxona muassasasining dasturiy ta‟minoti, Axborot-kutubxona
muassasalari axborot ta‟minoti, Axborot-kutubxona muassasasi tashkiliy
ta‟minoti
Reja:
1. Axborot-kutubxona muassasasining texnik ta‘minoti.
2. Axborot-kutubxona muassasasining dasturiy ta‘minoti.
3. Axborot-kutubxona muassasasining axborot ta‘minoti.
4. Axborot-kutubxona muassasasining tashkiliy ta‘minoti.
Tayanch iboralar: Texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot ta’minoti,
tashkiliy ta’minot.
2.1 Axborot-kutubxona muassasasining texnik ta‟minoti
Har qanday kutubxona tashkilot sifatida aniq bir bo‗limlardan iborat. Xar bir
bo‗lim bajaradigan ishlar avvaldan belgilab qo‗yiladi. Bu ishlarda kutubxonaning
bosh maqsadi – kitobxonlarga kerakli adabiyotlarni
berish va axborot xizmati
ko‗rsatishga yo‗naltirilgandir. Agarda bu ishlardan biri bajarilmasa yoki to‗liq
bajarilmasa, kutubxonada ish sifati pasayib ketadi, kutubxonachilarning
faoliyat
ko‗rsatishi qiyinlashadi, kitobxonlar esa kerakli axborotlarni
tezda ololmaydilar,
zarur xizmat turlaridan xam foydalana olishmaydi. Demak, kutubxona
faoliyatining samaradorligi uning tarkibidagi bo‗limlarda ishning to‗g‗ri
taqsimlanishiga bog‗liq ekan.
Avtomatlashtirilgan kutubxona- bu kutubxona ishini tashkil etishning ilg‗or
formasi hisoblanib, u avvalo tizim qismi va elementlarini o‗zaro bog‗lovchi
tizim
sifatida qaraladi. AK kutubxona xizmat ko‗rsatish imkoniyatlarini kengaytirib,
kitobxonlarga tezkorlik bilan xizmat ko‗rsatishni ta‘minlaydi.
Har qanday tizim shunday qismlardan iboratki, ularsiz tizim faoliyat ko‗rsata
olmaydi. Agarda tizim qismlaridan biri bo‗lmasa
yoki qoniqarsiz ishlasa, u holda
tizim o‗z oldiga qo‗yilgan bosh vazifani bajara olmaydi.