III.
NAZARIY MATERIALLAR
21
- yig‗ma elektron katalogni shakllantirishda
ishtirok etadi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o‗zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar
yaratadi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- tegishli
hududda
axborot-kutubxona
muassasalarining
depozitar
saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to‗plashni amalga oshiradi va
ularning hisobini yuritadi.
Axborot-kutubxona markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona
fondi davlat
mulkidir.
Axborot-kutubxona markazi to‗g‗risidagi namunaviy nizom O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Axborot-resurs markazlari
Axborot-resurs markazlari davlat ta‘lim muassasalari huzurida tashkil
etilgan, o‗quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo‗lgan
ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona
faoliyatini amalga
oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari:
- Ta‘lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta‘limga oid
mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini
ta‘minlaydi;
- elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
- shaxsning ma‘naviy boy va barkamol ijodiy o‗sishi uchun imkoniyatlar
yaratgan holda o‗zidagi va o‗zidan uzoqdagi axborot-kutubxona
resurslaridan
foydalanish asosida O‗zbekiston xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy
merosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o‗zaro foydalanishni ta‘minlaydi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- yig‗ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
- madaniy, ta‘lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar
va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta‘lim, ilmiy muassasalar va
arxivlar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.