Axborot-resurs markazi to‗g‗risidagi namunaviy nizom O‗zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana10.01.2024
Hajmi2,7 Mb.
#134080
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

22 
Axborot-resurs markazi to‗g‗risidagi namunaviy nizom O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
 
O„zbekistondagi maxsus axborot-kutubxona muassasalari 
―Maxsus kutubxona‖ atamasi lotin tilidan kelib chiqqan bo‗lib, qandaydir 
predmet yoki xodisaga, mutaxassislikka nisbatan ―alohida‖ degan ma‘noni 
bildiradi. Maxsus kutubxonalar XX asrning boshlarida maxsus gurux sifatida 
shakllandi. Bu vaqtda fanlarni bo‗linish davri (differentsiatsiyalanish) tugayotgan 
va birlashish ya‘niy integratsiya davri boshlanayotgan davr edi.
Maxsus kutubxonalarning ijtimoiy ijtimoiy vazifasi-kasbiy o‗qishni- ya‘niy 
mutoalaani tashkil etishdir. Kasbiy o‗qish fondni komplektlash sohasini, 
kitobxonlar kontengegtini, ishlarni tashkil etishning shakl va usullarini aniqlaydi. 
Maxsus kutubxonalar o‗z fondalarini o‗zlari xizmat ko‗rsatuvchi tashkilot
muassasa, 
ishlab 
chiqarish 
korxonasi 
sohasi 
bo‗yicha
komplektlaydi.Komplektlash ob‘ekti sifatida kitoblar, vaqtli va davomli nashrlar, 
standartlar, kashfiyotlarni tavsiflari, ma‘muriy-idoraviy nashrlar, xisobotlar, 
chizma-konstruktorlik va loyixaviy xujjatlar, shuningdek nashrlarning maxsus 
turlari-kartografik, musiqa-notalari, audiovizul nashrlar bo‗lishi mumkin. 
Maxsus kutubxonalar-nafaqat xujjatli fondlarni saqlovchi joy, balki xujjatli-
axborot kommunikatsiya markazi, keyingi vaqtlarda esa elektron kommunikatsiya 
markazi hamdir. Shuning uchun ushbu kutbxonalar faoliyati favat bibliografik
ma‘lumotlarni qidirish va birlamchi xujjatlarni yetkazib berish bilan chegaralanib 
qolmasdan, balki ular faoliyatida faktografik axborotlarni yetkazib berish ushbu 
faoliyatda muxim o‗rinni egallaydi. Masalan, maxalliy ishlab chiqarish va savdo 
haqidagi ma‘lumotlarni bilish kutubxona xodimidan maxsus bilimlarni talab etadi. 
Olimlar va mutaxassislarni axborotga bo‗lgan so‗rovlarining mazmuniga 
ularni kasbiy faoliyati ta‘sir ko‗rsatadi, ularni kutubxona resurslariga bo‗lgan 
talablarning aniqlanishi esa mavzuli yo‗nalish orqali belgilanadi. Shuning uchun 
maxsus kutubxonalar bir- biri bilan avvalo bilim sohalari bo‗yicha farq qiladi.
Maxsus kutubxonalarni uchta asosiy guruxga ajratish mumkin: ijtimoiy-
ilmiy (gumanitar), tabiiy-ilmiy va amaliy soxa. Keyingi bo‗linish maxsus 
kutubxonalarni fan tarmoqlari va ishlab chiqarishga mo‗ljjalangan fondlarni 
tashkil etishga qarab amalga oshiriladi (astronomik va geologik, geografik va 
kartografik, tarixiy va san‘atshunoslik, yuridik, meditsina, qishloq xo‗jaligi, 
texnika va x.k). 
Maxsus kutubxonalarni tabaqalashtirishning muxim belgilaridan biri 
kutubxona mansub bo‗lgan tashkilotning ish faoliyati xisoblanadi. Shunga asosan 
ilmiy, o‗quv, ishlab chiqarish va boshqaruv kutubxonalari ajratiladi. Shuningdek


III. NAZARIY MATERIALLAR 
23 
boshqa belgilar bo‗yicha ham guruxlarga ajratish mumkin. Masalan, 
kutubxonalarni statusi bo‗yicha- respublika, soha bo‗yicha markaziy, regional, 
bosh kutubxona, shoxobcha. Adabiyotlar turi bo‗yicha- (patent kutubxonasi), 
abonentlarga xizmat ko‗rsatish kategoriyasi bo‗yicha (ko‗zi ojizlar kutubxonasi).
O‗zbekiston xududida maxsus kutubxonalar X1X asrning ikkinchi yarmidan 
paydo bo‗la boshladi va ular ma‘lum gurux kishilariga xizmat ko‗rsatar edi. Ular 
dastavval Samarqand va Toshkent shaxrida faoliyat yuritdilar. Bu tipdagi 
kutubxonalar avvalo ilmiy-texnik jamiyatlar qoshida tashkil etildi va rus axolisiga 
xizmat ko‗rsata boshladi. Ulardan faqat ilmiy va injener-texnik xodimlar, 
ma‘muriyat va ilmiy muassasalar vakillarigina foydalanishgan. 
O‗zbekistondagi eng yoshi ulug‗ maxsus kutubxonalar- O‗zbekiston Fanlar 
Akademiyasi Astronomiya instituti kutubxonasi ( 1873 y.), Samarqand viloyatidagi 
lalmi tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi (1913 y.), O‗zbekiston 
Davlat 
madaniyat 
va 
san‘at 
muzeyi 
ilmiy-ma‘lumot 
kutubxonasi 
(1911y.Samarqand) xisoblanadi. 
Respublikadagi yirik maxsus kutubxonalar quyidagilardir:

O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi; 

Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi

Respublika ilmiy meditsina kutubxonasi; 

Markaziy ilmiy qishloq xo‗jaligi kutubxonasi.
Ushbu kutubxonalarning fondi million nusxadan oshib ketgan. 
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi 1933 yilda tashkil 
etilgan. Uni tarixi respublikadagi ilm-fanni rivojlanishi bilan uzviy bog‗langan. 
Ushbu kutubxona akademik kutubxonalar tarmog‗ini boshqaradi. Uni tarkibiga 30 
ga yaqin ilmiy-tekshirish institutlarini kutubxonalari kiradi. 
Maxsus kutubxonalar ichida asosiy o‗rinlardan biri texnika kutubxonalari 
kiradi. Texnika kutubxonalari ichida eng ko‗p tarqalganlari ishlab chiqarish 
korxonalari va birlashmalari qoshidagi kutubxonalari xisoblanadi.Ularni fondida 
salmoqli o‗rinni jurnallar, texnik xisobotlar, ma‘muriy-idoraviy nashrlarning ba‘zi 
bir xillari, standartlar, chizma-konstruktorli xujjatlar va boshqalar tashkil etadi. 
Ular kitobxonlarga zudlik bilan ilmiy-texnika xujjatlari haqida axborot berish 
imkonini beradi. Texnika kutubxonalarida asosan keyingi yillarda chop etilgan 
adabiyotlar bo‗ladi. Chunki texnikaga oid adabiyotlar juda tez eskiradi. 
Respublika texnika kutubxonalari ichida yetakchi o‗rinni 1957 yilda tashkil 
etilgan, 2 milliondan ortiq kitob fondiga ega bo‗lgan Respublika ilmiy-texnika 
kutubxonasi tashkil etgan. Hozirda ushbu kutubxona Alisher Navoiy nomidagi 
O‗zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kirgan. 
O‗zbekiston sog‗liqni saqlash axoliga meditsina xizmati ko‗rsatish tizimida 


III. NAZARIY MATERIALLAR 

Download 2,7 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Axborot-resurs markazi to‗g‗risidagi namunaviy nizom O‗zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish