• Uslubiy va huquqiy ta‟minot (UHT
  • Iqtisodiy ta‟minot – AK
  • Nazorat savollari
  • Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/48
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,7 Mb.
    #134080
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
    Bog'liq
    cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

    Kadrlar ta‟minoti – (KT) AK faoliyatini ta‘minlovchi xodimlar majmui
    kadrlar tarkibi malakasini turli ta‘minot ko‗rinishlari (texnik, axborot va dasturiy 
    ta‘minotlar) ga mos holda oshirib turishga mo‗ljallangan tadbirlar. Kadrlar 
    ta‘minoti yana o‗z ichiga kutubxonachilar tayyorlash va ularning malakalarini 
    oshirish, AK dan foydalanishning zamonaviy usullarini o‗qitishni ham oladi. 
    Kadrlar ta‘minoti tashkiliy ta‘minotning ajralmas muhim qismidir. Kutubxonalarni 
    avtomatlashtirish kutubxonachilar xizmat vazifalari yo‗riqnomalariga jiddiy 
    tuzatishlar kiritish va kadrlar malakasini yangi texnologiyalar asosida oshirishni 
    talab qiladi. Kadrlar ta‘minoti o‗z xodimlaridan AK talablari va ehtiyojlari asosida 
    ta‘lim olishni taqozo qiladi.
    Uslubiy va huquqiy ta‟minot (UHT) –AK faoliyati uchun zarur uslubiy 
    ko‗rsatmalar, huquqiy va me‘yoriy hujjatlar majmuidir. AK ning bu ta‘minoti 
    muhim ta‘minot bo‗lib, u kutubxonachilar faoliyatini huquqiy jihatdan aniqlab 
    beradi. Uslubiy va huquqiy ta‘minot o‗z ichiga kutubxonalar va unga yaqin sohalar 
    (axborot texnologiyalari, Internet, elektron resurslar, axborotga ega bo‗lish huquqi 
    va boshqalar)ni rivojlantirishga mo‗ljallangan hukumat qarorlarini oladi. Bu 
    qonunlar jumlasiga: «Kutubxonalar haqida qonun», yoki «Kutubxona ishi haqida 
    qonun», «Majburiy ekzemplyar haqida qonun», «Elektron kutubxonalarni 
    rivojlantirish dasturi», «Respublikani axborotlashtirish dasturi», «Ma‘lumotlar 
    bazasi va dasturlar bo‗yicha mualliflik huquqi himoyasi to‗g‗risida qonun» va 
    boshqalar kiradi. 
    Iqtisodiy ta‟minot – AK ni moliyalashtiruvchi vositalar majmui. Bunga 
    davlat tashkilotlaridan olinadigan mablag‗lar, davlat dasturlaridan ajratiladigan 
    mablag‗lar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy ta‘minotga xalqaro va mahalliy 
    fondlarning grantlari ham kiradi.
    Nazorat savollari 
    1. Texnik ta‘minot nima va unga nimalar kiradi? 
    2. Axborot-kutubxona muassasasining dasturiy ta‘minoti nima? 
    3. Axborot-kutubxona muassasasining axboroty ta‘minoti nima? 
    4. Axborot-kutubxona muassasasining tashkiliy ta‘minoti nima? 
    5. Qanday avtomatlashtirilgan ish joylari mavjud? 


    III. NAZARIY MATERIALLAR 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish