|
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universitetiBog'liq cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434dBosib chiqarish qurilmalari – bosish kurilmasi yoki printerlar (inglizcha-
printer) alfavit-raqamli (matnli) va grafik axborotni qog‗ozga tushirish uchun
mo‗ljallangan. Bugungi kunda printerlar uch ko‗rinishda ishlab chiqarilmoqda:
zarbli printerlar (literli, matritsa nuqtali printerlar), purkovchi va termografik va
elektrofotografik (lazerli).
Zarbli printerlarning kamchiligi shundaki, ular shovqin bilan sekin ishlaydi,
yutuq tomoni ularning arzonligida.
Purkovchi printerlar shovqinsiz, tez ishlaydi, bosib chiqarishi xam yuqori
sifatli, ammo katta hajmdagi matn, grafik, diagramma, rasmlarni bosib chiqarish
talab etilsa lazerli printer sotib olgan maqsadga muvofiq.
Printerlarning asosiy texnik xususiyatlari :
-
harakat printsipi ;
-
rang imkoniyatlari ( oq qora yoki rangli printerlar )
-
grafik imkoniyatlari yoki uning yo‗qligi ;
-
ruxsat berish ( hal etish ) qobiliyati ;
-
oldingi ko‗rsatkichlar bilan bog‗liq va uni boyituvchi bosish sifati ;
-
bosish tezligi ;
-
narxi ;
Grafik axborotlarni bosib chiqarishda hal qilish qobiliyati 600 dpi dan kam
bo‗lmagan printer tanlash maqsadga muvofiq.
Skaner – matnli va grafik axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi
qurilma. U matnli va grafik axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi va ularni
aniqlovchi dasturiy texnik vositalarga ega. Bu qurilma yordamida kompyuter
xotirasiga katta hajmdagi matnli axborotlar avtomatlashtirilgan holda kiritiladi va
bunda mutaxassislar ishi ancha osonlashadi, ya‘ni ular axborotlarni qo‗lda
klaviatura orqali kiritishday mashaqqatli ishdan ozod bo‗ladilar. Skanerlardan
kutubxona ishida keng foydalanilmoqda. Jumladan, to‗liq matnli ma‘lumotlar
bazasini yaratish, kataloglar, manuskriptlar va boshqa grafik axborotlarni kiritishda
skanerlar qo‗l kelmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|