IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
37
mumkin. Raqamli fotoapparat yordamida olingan tasvirlar elektron tashuvchilarga
yoziladi va ulardan ekranda tasvirlash yoki ishlov berishda foydalaniladi. Raqamli
fotoapparatdan rasmlarni, manuskript, matnli va boshqa axborotlarga kompyuterda
ishlov berish, aloqa kanallari orqali uzatish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Kutubxona ishida raqamli fotoapparat, arxiv hujjatlarini ba‘zi bir sabablarga ko‗ra
skaner orqali kompyuter xotirasiga kiritish mumkin bo‗lmagan hollarda
qo‗llaniladi.
Modem – bu qurilma nomi ikki so‗z birikmasidan (modulyator va
demodulyator) tashkil topgan.
Modem
uzatilayotgan
va
qabul
qilinayotgan
ma‘lumotlarni
«modullashtirish» va «demodullashtirish» vazifalarini bajaradi.
Signallarni
modullashtirish deganda biz signalni uzoq masofaga uzatish uchun shakl
almashtirishni tushunamiz. Elektron impulslar
dastlab modemda tovush
chastotasiga aylantiriladi, so‗ngra telefon tarmog‗i orqali uzatiladi. Signallar qabul
qilinayotganda bu tovushli signallar modem yordamida kompyuterga moslab
ikkilik elektr impulslari ketma-ketligi shaklida o‗zgartiriladi.
Bir kompyuterdan
ikkinchisiga axborot uzatilayotganda raqamli impulslar ikki marta o‗zgartiriladi:
avval tovushli signal (modullashtirish) ko‗rinishiga, so‗ngra tovushli signallar
ikkilik impulslariga (demodullashtirish) o‗zgartiriladi.
Turli modemlar
ma‘lumotlarni uzatish tezligi, ma‘lumotlarni uzatish uzoqligi va «intellektual
qobiliyatlari» ga qarab bir-biridan farqlanadi. Oddiy modemlar o‗zining
sodda
funktsiyasi- modullashtirish va demodullashtirishni bajaradi.
Boshqa murakkabroq modemlar o‗z dasturiy ta‘minotiga ega bo‗lib bir qator
qo‗shimcha funktsiyalarni bajarishga qodir:
-telefon raqamlarini avtomatik terish;
-ma‘lumotlar uzatish tezligini avtomatik boshqarish va boshqalar. Ba‘zi bir
modemlar ma‘lumotlarni bir yo‗nalishda uzatishi yoki qabul qilishi (simpleks
rejim) mumkin, boshqalari esa ikki yo‗nalishda ham (poludupleks rejim) ishlay
oladi. Modemlar konstruktsiyasiga ko‗ra tashqi qurilma
sifatida yoki kompyuter
ichiga o‗rnatilgan bo‗lishi mumkin.