Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/48
Sana10.01.2024
Hajmi2,7 Mb.
#134080
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

40 
Yuqorida ko‗rsatilgan kutubxonadagi asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgach 
AKM va ARM larida quyidagi imkoniyatlar paydo bo‗ladi: 
• axborot qidiruvi tezligi oshadi; 
• ma‘lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni ko‗p maqsadli 
qidirishda foydalanish, tanlangan axborotlarni bosib chiqarish, ma‘lumotlar 
massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish, nashrlarni tayyorlash va 
boshqalar; 
• turli belgilariga ko‗ra va ularning kombinatsiyalari yordamida qo‗shimcha 
kartoteka va ko‗rsatkichlardan foydalanmay ko‗p aspektli qidiruvni bajarish; 
• o‗z kutubxonasidagi kompyuterdan foydalanib, tarmoq va kommunikatsiya 
vositalari yordamida boshqa kutubxona kataloglaridan va yig‗ma katalogda 
qidiruvni bajarish. Katta hajimdagi ma‘lumotlar bazalari joylashgan optik 
disklarda qidiruvni bajarish va kerakli ma‘lumotlarni olish; 
• kutubxona fondini butlashda nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining 
ma‘lumotlar bazalari asosida buyurtmalarni avtomatik ravishda shakllantirish va 
ularni bajarilishini tashkil qilish; 
• kutubxonadagi barcha jarayonlarni, jumladan, kitobxonalarga xizmat 
ko‗rsatishni ham, hisobga olish va kutubxona statistikasini yuritish; 
• kutubxona kataloglarini bir necha nusxada ishonchli saqlash; 
• kutubxonaga qabul qilinayotgan hujjatlar oqimiga ishlov berish va fondni 
butlash xarajatlarini qisqartirish; 
• yangi axborot manbalari jalb qilish hisobiga iste‘molchilarga xizmat 
ko‗rsatish doirasini kengaytirish. 
Kutubxonadagi barcha asosiy jarayonlar (axborotlarni yig‗ish, ishlov berish, 
saqlash, qidirish, uzatish) avtomatlashtirilgach elektron kutubxona yaratish uchun 
zamin hozirlangan bo‗ladi va barcha asosiy kutubxona texnologiyalarini 
avtomatlashtirgan kutubxona Internet yoki Intranet orqali Elektron kutubxona 
xizmatini yo‗lga qo‗ya oladi. Eng asosiysi, kutubxonalarni avtomatlashtirish, 
kitobxonlarini Vatan va jahon axborotlar fazosiga chiqishini ta‘minlaydi. 
Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, kutubxonalarni avtomatlashtirish jamiyatni 
axborotlashtirishning muhim bir bosqichi ekan. 
Bugungi kunda kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‗ljallangan 
bir qator kutubxonalarni avtomatlashtiruvchi tizimlar mavjudki, ularda quyidagi 
funksional bo‗limlar mavjud: 
• kataloglashtirish, elektron katalog (EK), ma‘lumot-bibliografik xizmat; 
• optik disklardagi yoki boshqa kutubxonalardagi EK larning ma‘lumotlar 
bazalaridan foydalangan holda, bibliografik xizmat ko‗rsatish; 


IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 
41 
• kitobxonlarga xizmat ko‗rsatish (kitobxonlarni ro‗yxatga olish, kitob 
berish, qaytarib olish va boshqalar); 
• kitob almashishni ham o‗z ichiga oluvchi fondni butlash
• davriy nashrlarni ro‗yxatga olish va unga mos EK ni yuritish; 
• kutubxonalararo abonement; 
• avtomatlashtirilgan tarzda bibliografik nashrlarni tayyorlash (katalog 
kartochkalarini ham tayyorlash); 
• kutubxonani boshqaruv (hisobga olish, statistika, kadrlar, buxgalteriya va 
boshqalar). 
Kutubxonadagi asosiy axborot jarayonlarni avtomatlashtirish AKM va ARM 
barpo qilishda muhim bosqich hisoblanadi, odatda dastlab, kutubxona fondini 
o‗zida aks ettiruvchi elektron katalog bazasini shakllantirish bilan ish boshlanadi. 
Keyingi yillarda RFID (Radio frequency identification - radio to‗lqinli 
identifikatsiya) texnologiyasini axborot resurs markazlarida tatbiq qilish to‗g‗risida 
ko‗plab axborotlar e‘lon qilinmoqda. 
RFID texnologiyasi mohiyati bo‗yicha bir oz shtrix kod texnologiyasiga 
o‘xshab ketadi, ammo RFID ning bir qator afzalliklari bor. Rivojlangan 
mamlakatlar kutubxonalarida ishlatilayotgan shtrix kod texnologiyasi o‗z vaqtida 
kutubxonachilarga beminnat yordam ko‗rsatib kelgan, shtrix kod texnologiyasi 
yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari tezlashgan, xatolar soni 
sezilarli darajada kamaygan. Bularning barchasi, kitobxonlarga berilayotgan va 
qaytarib olinayotgan har bir kitob to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni qo‗lda yozish 
zaruratini cheklash va ayni paytda bu operatsiyalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
kompyuter xotirasiga avtomatik ravishda kiritish mikoniyatini berar edi. Bu 
jarayonlarni 
avtomatlashtirishda 
shtrix 
kod 
texnologiyalaridan 
unumli 
foydalanilgan. Mazkur texnologiya yordamida kutubxona texnologiyalarini 
avtomatlashtirishda muhim bir muammo hal qilindi, ya‘ni kitob berish va qaytarib 
olish jarayonlari, har bir kitobga biriktirilgan shtrix kod shaklidagi axborotlarni 
skaner qurilmasi yordamida o‗qish orqali, avtomatlashtirildi. 
Dastlab, shtrix kod texnologiyalarini kutubxona jarayonlariga tatbiq qilish, 
kutubxonadagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirgandek tuyuldi. Ammo, 
kutubxonalarda avtomatlashtirilmagan yana ikki jiddiy muammo bor ediki 
bulardan birinchisi kutubxonalarda o‗tkaziladigan inventarizatsiya jarayoni
ikkinchisi esa KBK, UDK yoki boshqa biror bir klassifikatsiyalash tizimi asosida 
joylashtirilgan fonddagi o‗z joyiga qo‗yilmagan kitoblarni qidirish va o‗z joyiga 
qo‗yish muammosi edi. Kutubxonachilarga ma‘lumki kutubxona fondidagi har bir 
kitob o‗z (adresiga) o‗rniga ega, o‗z o‗rniga qo‗yilmagan kitob odatda kitobxonlar 
uchun yo‗qotilgan hisoblanadi va u navbatdagi inventarizatsiya paytida topiladi va 


IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

Download 2,7 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish