IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
43
1.2. Rasm. RFID reader.
Ma‘lumotlarni avtomatik ravishda o‗qish imkoniyatiga ega bo‗lgan skaner
qurilmalaridan
foydalanganda, shtrix kod skanerning ko‗rish zonasiga aniq
o‗rnatilishi kerak edi. RFID texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish
jarayonlari avtomatlashtirilganda, kitobxon chiptasini skaner qurilmasi orqali
o‗qish, har bir kitobni alohida qo‗lga olib, uni skaner orqali o‗qishga ehtiyoj
qolmaydi. RFID qurilmasi bir yo‗la bir necha kitobni va kitobxon chiptasini
avtomatik tarzda o‗qiy oladi va kitoblarni kitobxonning
elektron formulyariga
yozib qo‗ya oladi hamda berilayotgan kitoblardagi ―o‗g‗rilashga qarshi‖ funksiyani
faolsizlantiradi. RFID texnologiyasini kutubxonadagi inventarizatsiya jarayonlarini
tezlashtirishda muvofaqiyat bilan qo‗llash mumkin. Bunda stellaj tokchasidagi har
bir kitobni tokchadan olish, undagi shtrix kodni skaner yordamida o‗qish, kitobni
o‗z joyiga qo‗yish operatsiyalari o‗rniga, stellaj tokchalari yonidan rider qurilmasi
bilan bir marotaba o‗tish kifoya qiladi. Rider tokchadagi barcha kitoblar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni kompyuterga uzatadi. Umuman olganda, RFID
texnologiyasidan foydalanish kutubxonalagi inventarizatsiya jarayonini 20 martaga
qisqartirish imkoniyatini berar ekan.
1.3. Rasm. Inventarizatsiyalash jarayoni.
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
44
O‗z faoliyatini ―ochiq fond‖ tartibida tashkil etgan kutubxonalarda fondni
himoya qilish uchun maxsus RFID eshik o‗rnatilishi kifoya. Bu eshik,
kutubxonadan ruxsatsiz olib chiqilayotgan har bir kitobga nisbatan tovush yoki
nurli signal berish orqali e‘tibor qaratadi. Eshik kutubxonaning AKAT ga ulangan
holda kompyuter ekranida kimning qanday kitob olib chiqayotganligi aks etadi.
Bunday holda fondni o‗g‗rilashga qarshi standart metkalar bilan ta‘minlashga
hamda bunday metkalarni faolsizlantiruvchi va faollashtiruvchi
qurilmalarga ham
hojat qolmaydi. Radiochastotali metka xotirasidagi sektor o‗g‗irlashga qarshi
funksiyani ham bajaradi.
1.4. Rasm. RFID darvozasi.
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
45
1.5. Rasm. Kitobni qayratib olish qurilmasi.
RFID tizimi ko‗pdan beri jahondagi juda ko‗p kutubxonalarda muvofaqiyat
bilan qo‗llanilmoqda. Bu sohadagi eng yirik loyiha Singapurdagi milliy
kutubxonada amalga oshirilgan. Bu yerda kutubxonani avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimi RFID tizimi asosida amalga oshiriladi.
Kutubxona avtomatlashtirilgan kitob berish va kitoblarni qaytarib olish
imkoniyatini beruvchi stansiyalar bilan ta‘minlangach, kitobxonlar
tomonidan
tanlangan kitoblar mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi (kitobxon tomonidan
tanlangan kitoblar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, kitob berish stansiyasi yordamida,
kitobxonlarning elektron formulyariga yozib qo‗yiladi). Kitoblarni qaytarib olishga
mo‗ljallangan robot-saralagich mustaqil ravishda kitoblarni saralaydi,
kutubxonachi esa kitoblarni tokchalaga joylashtiradi xolos.
Vatikan kutubxonasi fondini inventarizatsiya qilishning o‗zoq vaqtga
cho‗zili RFID texnologiyasini tatbiq qilishga olib kelgan. Bu kutubxonada
inventarizatsiya jarayoni ikki oy davom etib, bu ishga ko‗plab
xodimlar jalb
qilingan. Kutubxonada RFID texnologiyasini tatbiq qilingach, ko‗p millionli
fondni inventarizatsiya qilish, ikki xodim tomonidan bir kunda bajarilgan. Vatikan
kutubxonasidagi kitoblarning ko‗pchiligi qadimiy kitoblar bo‗lgani uchun ham
ularni o‗z o‗rnidan siljitmay inventarizatsiya o‗tkazish juda muhim bo‗lgan. 2007
yildan boshalb, Germaniyaning Gamburg shahridagi ommaviy kutubxonalarda
RFID texnolgiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Yillik kitob aylanishi 2 mln.
birlikdan iborat bo‗lgan kutubxonalarda hujjatlarni berish va qaytarib olishni
avtomatlashtiruvchi terminallar o‗rnatilishi ko‗zda tutilmoqda. Terminallar dastlab
kutubxonaning bo‗limlarida keyinchalik esa markaziy binoda o‗rnatiladi.
Kutubxonadagi barcha hujjatlarga (kitoblar, jurnallar hamda DVD disklar)
13,56MHz chastotada ishlovchi passiv RFID-metkalar yopishtiriladi.
Kitobxonlar
kutubxonaning ixtiyoriy bo‗limidagi ―ochiq fonddan‖ o‗zlariga kerakli kitoblarni
mustaqil ravishda tanlash va qaytarib topshirish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Bugungi kunda RFID texnologiyasidan jahondagi juda ko‗plab kutubxonalar
foydalanishmoqda. 2006 yilning birinchi yarmida turli tipdagi 250 dan ortiq
kutubxonalarda mazkur texnologiyalar tatbiq qilingan. Shunday qilib, kutubxona
texnologiyalari avtomatlashtirishda AAKT laridan foydalanish quyidagi kutubxona
texnologiyalarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi:
• kitobxonlar elektron formulyarini yaratish;
• kutubxona elektron katalogini shakllantirish va
foydalanish;
• kitoblarga buyurtma berish;
• berilgan buyurtmalarni bajarish;
• turli sabablarga ko‗ra rad etilgan buyurtmalar tahlili;
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
46
• kitob berish va qaytarib olishni nazorat qilish;
• fondni butlashga oid masalalar;
• masofadan turib elektron katalogdan foydalanish va buyurtmalar berish;
• korporativ kataloglashtirish;
• kutubxonani boshqarish va boshqalar.