IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
38
-uzoqda joylashgan elektron axborotlar
resurslariga kirish;
-kutubxona xodimlari orasida tezkorlik bilan ma‘lumot almashish;
-lokal tarmoq boshqa katta tarmoqlarga ulangan bo‗lsa, bunday holda bir
kutubxonada lokal tarmoqdan foydalanuvchilar
boshqa kutubxonadagi lokal
tarmoqdan foydalanuvchilarning ma‘lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‗lishadi.
Lokal tarmoqning yana bir muhim jihati borki, u ham bo‗lsa faqatgina
axborot resurslaridan
birgalikda foydalanishi emas, balki avtomatlashtirilgan
kutubxona tizimlari dasturiy ta‘minotidan ham birgalikda foydalanish imkoniyatini
yaratadi. Bu esa o‗z navbatida xarajatlarni kamaytiradi. Har bir foydalanuvchi
uchun aloxida dastur paketi sotib olish o‗rniga, bir dasturdan lokal tarmoq orqali
foydalanish arzonga tushadi. Bundan tashqari amaliy
dasturlar paketini va
ma‘lumotlar bazasini serverda saqlash qulay. Avtomatlashtirilgan kutubxona-
axborot tizimining yangi varianti yaratilganda tizimning eski varianti olib
tashlanadi va yangisi tezda o‗rnatiladi. Bu ish ham lokal
tarmoq ishlab turganda
juda tez boshqariladi.
Lokal tarmoq kam xarajat sarflab, doimo tarmoqni kengaytirish imkonini
beradi. Tarmoqqa qo‗shiladigan har bir kompyuter o‗z hisoblash qudratiga ega va
uni tarmoqqa ulash qiyinchilik tug‗dirmaydi. Lokal tarmoqqa, tarmoq resurslari va
ma‘lumot ayirboshlash tezligini oshirish maqsadida qo‗shimcha
serverlar ulash
mumkin. Lokal tarmoqning muhim komponentlaridan biri bu tarmoq platasidir.