Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana10.01.2024
Hajmi2,7 Mb.
#134080
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

24 
286 ta maxsus kutubxonalar mavjud bo‗lib, ular tarkibiga 12 ta viloya meditsina 
kutubxonalari, meditsina ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va o‗rta maxsus o‗quv 
muassasalari, 
davolash-profilaktika 
muassasalari, 
kasalxonalar 
qoshidagi 
kutubxonalar kiradi 
Respublikada Qishloq xo‗jaligi soxasiga oid maxsus kutubxonalari 
kamchilikni tashkil etadi. Ularni jami -27 ta. Ushbu kutubxonalari asosan ilmiy-
tadqiqot institutlari, tajriba uchastkalari, oliy o‗quv yurtlari va kollejlar, umuman 
Respublika qishloq va suv xo‗jaligi vazirligiga qarashli bo‗lgan kutubxonalardir. 
―O‗quv kutubxonasi‖ atamasi kutubxonashunoslikda uzoq vaqtdan beri 
qo‗llanilib kelinayotgan atamadir. O‗quv kutubxonasi deganda o‗quv jarayoni 
davomida paydo bo‗ladigan foydalanuvchilarni axborotga bo‗lgan talablarini 
qondiruvchi kutubxonalar tushuniladi.Ushbu kutubxonalarni quyidagi guruxlarga 
bo‗lish mumkin:oliy o‗quv yurtlari kutubxonalari(universitetlar, akademiyalar, 
institutlar), kollej, akadem litsey kutubxonalari, maktab kutubxonalari.O‗quv 
muassasalari kutubxonalari o‗quvchilarni tarbiya va ta‘lim olishlariga yordam 
berishga mo‗ljallangan. O‗quv jarayonini ta‘minlash ularni eng muxim ijtimoiy 
vazifasi va o‗ziga xos belgisi xisoblanadi. Ular universal mazmundagi fondga 
(maktab, universitet kutubxonasi), shuningdek o‗quv yurtining sohasiga mos 
ravishdagi fondga, shuningdek ko‗p nusxadagi o‗quv adabiyotlariga ham egadir. 
O‗quv kutubxonalari nafaqat o‗quv jarayoninigina qondiribgina qolmasdan, 
balki ular tarbiyaviy funktsiyani, shuningdek ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishga 
oid talablarni ham bajaradi
3

―Boshqarma kutubxonasi‖ atamasi maxsus kutubxonalarni yana bir turi 
sifatida qo‗llanib kelinmoqda.Ushbu kutubxonalar boshqaruv faoliyati jarayonida 
paydo bo‗ladigan axborotga bo‗lgan talablarni qondiradi. Boshqaruv 
kutubxonalarini quyidagi guruxlarga bo‗lish mumkin: davlatning qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari kutubxonalari (Oliy Majlis (Parlament), 
Prezident kutubxonasi), maxalliy va o‗z o‗zini boshqarish organlari (xokimiyatlar, 
maxalla qo‗mitalari), sud organlari va boshqalar. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati kutubxonasida 2600 dan ortiq 
kitoblar mavjud bo‗lib, kutubxona har yili 40ta nomdan ortiq respublika, 26 viloyat 
va 36 nomdagi chet el gazetalarini,respublika va chet ellarda chop etiladigan 98 
nomdagi jurnallarni oladi. Kutubxona cheklangan kitobxonlar kontengentiga 
Prezident ma‘muriyati va O‗zbekiston Respublikasi xukumati apparati xodimlariga
xizmat ko‗rsatadi( 600 ga yaqin odamga). 
Maxsus kutubxonalarni aloxida guruxi sifatida ko‗zi ojizlar kutubxonalari 
3
―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, 
pages –76-77. 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
25 
xisoblanadi.Respublika markaziy ko‗zi ojizlar kutubxonasi va yettita viloyat ko‗zi 
ojizlar kutubxonalari -ko‗zi ojiz kitobxonlarga xizmat ko‗rsatuvchi Respublikadagi 
eng yirik kutubxonalar xisoblanadi. Ushbu kutubxonalar O‗zbekiston 
Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashlidir. Ular bo‗rtma-
nuqtali (relefno-tochechnыm) shrifta chop etilgan nashrlar va plastinka va magnit 
lentalariga yozilgan kitoblar saqlanadigan davlat saqlovxonasi, shuningdek ko‗zi 
ojizlar uchun nashrlarning depozitar kutubxonasi hamda tiflologiya (ko‗zi ojizlar 
xayoti va faoliyati haqidagi fan) adabiyotlari kutubxonasi xisoblanadi. Hozirda 23 
ta shaxar va 29 ta rayon kutubxonalari ko‗zi ojiz kitobxonlarga xizmat 
ko‗rsatmoqda. 
Adabiyotlar turi bo‗yicha maxsus kutubxonalar guruxiga Respublika patent 
idorasining Respublika patent kutubxonasi kiradi.RPK –O‗zbekistondagi ixtirolar 
bo‗yicha 50 ta davlatning, Butun jaxon intellektual mulk tashkiloti, Yevropa va 
Yevroaziya patent idoralarining xujjatlar to‗liq saqlanadigan yagona patent bosh 
fondi xisoblanadi. Kutubxonada 21 milliondan ortiq patent xujjatlari mavjud 
bo‗lib, ularning 6 millioni kompakt optik disklardadir 
Respublikada kasaba uyushmalari kutubxonalari tarmog‗i keng tarqalgan 
bo‗lib, ular korxona va tashkilotlarning tarkibida bo‗lib, aniq bir mexnat jamoasiga 
adabiyotlar bilan xizmat ko‗rsatadi.Ushbu kutubxonalarni fondi unversal 
xisoblanadi.Lekin ular o‗z fondlarini komplektlashda xizmat ko‗rsatayotgan 
korxonaning soxasi, unda mexnat qiluvchilarning tarkibi, hamda kasba 
uyushmasining o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga oladilar. 
Shuningdek kasba uyushmalari tarmog‗ida statsionar (doimiy, bir joydagi) 
kutubxonalar ham mavjud bo‗lib, ular kasba uyushmasi klublari, madaniyat uylari 
va saroylari hamda ishlab chiqarish korxonlari xududida joylashgan bo‗lishi 
mumkin. Baxtga qarshi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗pgina korxonlarning 
yopilishi munosabati bilan bu turdagi kutubxonalarning soni kamayib bormoqda. 
Ushbu turdagi kutubxonalarga kasalxonalar qoidagi bemorlar uchun 
kutubxonalar, dam olish uylari, sanatoriyalar, qamoqxonalar, xarbiy qismlar va 
ofitserlar uylari qoshidagi kutubxonalar kiradi. 
Shuningdek turli xil diniy tashkilotlarning kutubxonalar tarmog‗i rivojlanib 
bormoqda. O‗zbekistonda 15 diniy konfessiyalar mavjud bo‗lib, ularni bir qanchasi 
O‗zbekiston uchun noananaviy xisoblanadi. 
Axolini ijtimoiy faolligini o‗sishi natijasida turli xil yangi jamoat 
kutubxonalari turlari paydo bo‗lishi mumkin. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish