III. NAZARIY MATERIALLAR
20
amalga oshirishda ishtirok etadi;
- axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini ta‘minlaydi
hamda foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning eng to‗liq to‗plamini
taqdim etadi;
- O‗zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini,
shuningdek dissertatsiyalarning ko‗chirma nusxasini oladi;
- O‗zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik
hisobini yuritadi;
- elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
- kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik
va kitobshunoslik sohasida
ilmiy-tadqiqot
hamda
ilmiy-uslubiy
faoliyatni
amalga
oshiradi
va
muvofiqlashtiradi;
- noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but saqlash,
konservatsiyalash va restavratsiya qilish bo‗yicha ishlarni amalga oshiradi;
- yig‗ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;
- axborot-kutubxona resurslaridan o‗zaro foydalanish
uchun shart-sharoitlar
yaratadi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O‗zbekiston Milliy kutubxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‗zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondi davlat
mulkidir.
O‗zbekiston Milliy kutubxonasi to‗g‗risidagi nizom O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.