Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/48
Sana10.01.2024
Hajmi2,7 Mb.
#134080
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
cfe1b4f6f9f9d5143999aaaa5936434d

 
Tayanch iboralar: Axborot-kutubxona faoliyati, axborot-kutubxona fondi, 
yig‘ma elektron katalog, elektron katalog, axborot-kutubxona resursi, axborot-
kutubxona xizmati ko‘rsatish, elektron kutubxona, foydalanuvchi. 
 
 
1.1. Axborotlashtirish va kutubxonashunoslikning asosiy tushunchalari. 
 
Axborot-kutubxona faoliyati - kitob boyliklari va boshqa axborot 
manbalaridan jamiyat a‘zolarini foydalanishini tashkil etish maqsadida davlat, turli 
jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar 
tizimi bo‗lib, ular o‗zida jamiyatimizda, axborot, madaniy-ma‘rifiy va ta‘lim berish 
vazifalarini bajaruvchi soha xisoblanadi. Axborot-kutubxona faoliyati soxasi, 
boshqa amaliy sohalar kabi o‗zini ilmiy-nazariy asoslariga ega bo‗lishligi talab 
etiladi. 
Xronologik jihatdan axborot-kutubxona g‗oyalar tarixi ikki ming yildan 
ortiqroq davrni o‗z ichiga oladi. 
Kutubxonashunoslik g‗oyalari kompleks ravishdagi ob‘ektiv sabab va 
sharoitlar natijasida paydo bo‗ldi. Ular bevosita eramizdan avvalgi 11 minginchi 
yillarda paydo bo‗lgan birinchi kutubxonalar bilan bevosita bog‗liqdir. 
Qadimgi dunyoda kutubxonalarni sonini ko‗payishi natijasida sekin-asta 
ularni faoliyati haqidagi ma‘lumotlar to‗plana boshlandi. Keyinchalik ular haqidagi 
ma‘lumotlarni to‗plab taxlil qilish, kutubxonalar ishini tashkil qilish haqidagi eng 
yaxshi usullarni aniqlash va boshqalar haqida ob‘ektiv talablar paydo bo‗la 
boshladi. Bu vazifalar kutubxonashunoslik g‗oyalar sifatida qarala boshlandi. 
Qadimgi dunyo kutubxonashunoslik g‗oyalarida - hozirgi vaqtda kutubxona 
deb ataluvchi muassasalar haqidagi eng oddiy, elementar tushunchalar: tashkil 
etish, saqlash, tavsiflash, kataloglashtirish va boshqalar haqida fikrlar berilgan. 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
16 
O‗rta asrlar davrida kutubxonashunoslik g‗oyalari o‗ziga xos qarashlar bilan 
boyidi.Ushbu davrda G‗arb mamlakatlari kutubxonachilik ishida cherkovning 
to‗liq xukumronligi ostida bo‗lsa, Sharq mamlakatlarida ayrim xukmdorlar 
saroyida va diniy muassasalar qoshida kutubxonalarni shakllanishi, ularni diniy 
yo‗llanishda faoliyat yuritishga olib keldi. 
Kutubxonalar ―diniy-klerikal madaniyat‖ni tarqatish o‗chog‗i sifatida qaraldi 
va va bunday yondoshish ularni ish mazmuni va shaklini belgilab berdi. Asosiy 
e‘tibor kitob boyliklarini saqlash va ularni asrash, xisobini olib borish, 
joylashtirish, kataloglashtirishga qaratildi. Undan foydalanishga e‘tibor kam 
qaratildi
1

Markaziy Osiyo mintaqasida dastlabki kutubxonalar IV-VI asrlarda paydo 
bo‗lgan. Markaziy Osiyo mintaqasida kutubxonalarni rivojlanishiga VIII asrdan 
boshlab Samarqanda yuqori sifatli qog‗oz ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yilishi 
muxim ahamiyat kasb etdi.Ushbu davrlarda Sharqning buyuk allomalari Abu Ali 
ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Axmad Farg‗oniy, Al-Xorazmiy va boshqalar 
faoliyat yuritdilar. 
Abu Ali ibn Sinoning Buxoro amirining saroy kutubxonasi haqidagi 
estaliklari judda ham qiziq manba sanaladi: ―Men –deydi olim, kitoblar 
saqlanadigan joyga kirdim. Ular bir qancha xonalardan iborat bo‗lib, har bir 
xonada sandiqlarda kitoblar saqlanar edi.Bir xonada arab tilidagi kitoblar va 
she‘riy kitoblar, boshqasida huquqshunoslikka oid kitoblar va shu tariqasida har bir 
xonada fanning qaysidir sohasiga oid kitoblar saqlanar edi.Men u yerda mendan 
oldin o‗tgan ilm axli tomonidan yozilgan va bu yerda saqlanayotgan kitoblarni 
ro‗yhatini o‗qib chiqdim.
X asrlarda saroy kutubxonalarida adabiyotlarni klassifikatsiyalashning ba‘zi 
bir usullari qo‗llanila boshlandi va kutubxonalarda mavjud bo‗lgan kitoblarning 
ro‗yhatlari tuzilgan, kutubxona ichida esa mehnat taqsimoti yo‗lga qo‗yilgan. 
G‗arb mamlakatlarida ushbu davrlarda ― yereticheskiy‖ adabiyotlarni 
o‗qishni taqiqlash ishlari keng avj oldi.O‗qish man etilgan‖ otrechennix‖, 
―lojnonapisannqx‖ adabiyotlarni ro‗yhatlari tuzildi. 
Bu davrlarda kutubxonachilik g‗oyalari, kitobsaqlovchilar uchun yaratilgan 
turli xil yo‗riqnomalar, eslatmalar va nasixatlarda aks eta boshladi. O‗rta asr 
kutubxonachilik g‗oyalarini o‗ziga xos xarakterli tomoni shundan iborat ediki, 
kutubxonalarga faqat tor doiradagi odamlar uchungina kitoblar to‗planadigan joy 
sifatida qarash xos edi. 
Kitob bosishni kafsh etilishidan keyin kutubxonachilik ishini boshqarish 
1
―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, 
pages – 12-13. 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
17 
bo‗yicha dastlabki bosma asarlar paydo bo‗la boshladi. Ulardan dastlabkisi 
Frantsiya kardinali Djuli Mazarini tomonidan kutubxona tashkil etish uchun taklif 
qilingan teolog va publitsist Gabrielya Node (1627 y.)ning ―Kutubxona tashkil 
etish bo‗yicha maslahat‖ asari edi. 
Kutubxonachilik g‗oyalarini rivojlanishidagi sezilarli burilishlar Buyuk 
frantsuz revolyutsiyasi (1789-1794 yillar) davrda paydo bo‗la boshladi. 
Kutubxonalarga ―fuqoralar uchun maktab‖ sifatida qarala boshlandi va ular 
maktab, maktabdan tashqari ta‘lim tizimini tashkil etishda muxim rol o‗ynashi 
zarurligi qayd etila boshlandi. 
XVIII asrning oxiri-XIX asrning boshlarida jaxonda kutubxonashunoslikni fan 
sifatida shakllanishiga asosiy shart-sharoitlar paydo bo‗ldi: yetarli darajada boy 
emperik bazalar yig‗ildi, bir qancha muxim g‗oyalar tasdiqlandi. Bularni barchasi 
yangi fanni asosini tashkil etishi mumkin edi.

Download 2,7 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish