II. MODULNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI
13
guruhdoshlarini tanishtirib,
bahslashib, bir-biriga ta‘sir o‗tkazib, o‗z fikrlariga
ishontirish, kelishgan holda bir to‗xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi»
bo‗limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa
vaqt beriladi.
3. Barcha kichik guruhlar o‗z ishlarini tugatgach, to‗g‗ri
harakatlar ketma-
ketligi trener-o‗qituvchi tomonidan o‗qib eshittiriladi, va o‗quvchilardan bu
javoblarni «to‗g‗ri javob» bo‗limiga yozish so‗raladi.
4. «To‗g‗ri javob» bo‗limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‗limida
berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‗raladi.
Shundan so‗ng «yakka xato» bo‗limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‗shib
chiqilib, umumiy yig‗indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda «to‗g‗ri javob» va «guruh bahosi» o‗rtasidagi farq
chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‗limiga yozib, yuqoridan pastga qarab
qo‗shiladi va umumiy yig‗indi keltirib chiqariladi.
6. Trener-o‗qituvchi yakka va guruh xatolarini to‗plangan umumiy yig‗indi
bo‗yicha alohida-alohida sharhlab beradi.
7. Ishtirokchilarga
olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‗yicha
o‗zlashtirish darajalari aniqlanadi.