III. NAZARIY MATERIALLAR
28
vositalar yordamida kutubxonada axborotlar yig‗iladi,
saqlanadi, ishlov beriladi,
qidiriladi va uzatiladi. Bulardan tashqari adabiyotlarni jo‗natish va qabul qilishga
mo‗ljallangan texnik qurilmalar ham texnik ta‘minot tarkibiga kiradi
4
.
Texnika ta‘minoti yuzasidan ayni paytda O‗zbekiston
kutubxonalarida ikki
xil manzarani kuzatish mumkin:
1.
Barcha
diqqat-e‘tiborini
kutubxonalarni
zamonaviy
axborot
texnologiyalari bilan jihozlashga qaratilgan. Katta mablag‘ evaziga keltirilgan
texnikani
ishga tushirib, ish unimini oshirish uchun shu sohani mukammal
egallagan malakali kadrlar tanqisligi ko‗zga
tashlanadi
2. Kutubxonalar yaratishga bog‘liq barcha muammolar yechimi moddiy,
ma‘naviy ta‘minot mablag‘ masalasiga borib taqaladi. Ushbu muammoni hal etish
uchun, avvalo, kutubxonalarda qo‗shimcha daromad
keltiradigan hujjatli
mahsulotlar ishlab chiqarish, qayta ishlov berish faoliyatini yo‗lga qo‗yish kerak.
EK yaratishda:
Kompyuter;
Modem;
Tarmoqlarning o‗rni beqiyosdir.
2.2. Axborot-kutubxona muassasasining dasturiy ta‟minoti
Dasturiy
ta‘minot–
kutubxona
jarayonlarini
avtomatlashtirishga
muljallangan dasturiy vositalar majmui. Bunga AK tizimini tashkil qiluvchi
dasturlar kiradi, ya‘ni axborot qidiruv tizimi, shtrix kodlash tizimi.