• 2.1. Asosiy fondlar tushunchasi, ahamiyati va vazifalari
  • 4.1- jadval Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi
  • Farqlovchi belgilar Asosiy fondlar Aylanma fondlar
  • 2-Mavzu: Korxonaning asosiy fondlari Reja




    Download 80,07 Kb.
    bet1/6
    Sana02.02.2024
    Hajmi80,07 Kb.
    #150191
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-Mavzu Korxonaning asosiy fondlari


    2-Mavzu: Korxonaning asosiy fondlari
    Reja:

    1. Asosiy fondlar tushunchasi, ahamiyati va vazifalari

    2. Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi.

    3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi.



    2.1. Asosiy fondlar tushunchasi, ahamiyati va vazifalari
    Asosiy va aylanma fondlar korxona, tarmoq va butun milliy iktisodiyotining ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
    Ishlab chiqarish fondlarining asosiy va aylanma fondlarga bo‘linishi asosida ishlab chiqarish vositalarining mehnat vositalariga hamda mehnat buyumlariga bo‘linishi va ularning ishlab chiqarish jarayonlarida turlicha qatnashuvi yotadi. Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi quyidagi jadvalda keltirilgan.
    4.1- jadval
    Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi






    Farqlovchi belgilar

    Asosiy fondlar

    Aylanma fondlar


    Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish turi

    Mehnat vositasi sifatida

    Mehnat buyumlari sifatida


    Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish xususiyati

    Ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta qatnashadi

    Ishlab chiqarish-ning har bir yangi siklida to‘la iste’-mol qilinadi (bir
    marta qatnashadi)


    Tayyor mahsulotga qiy-matini o‘tkazish usuli

    Tayyor mah-sulotga butun xizmat muddati davomida emirilgan qiymatini ayrim qismlarga bo‘lib o‘tkazadi

    Tayyor mahsulotga o‘z qiymatini to‘la va bir yo‘la o‘tkazadi


    Natural shaklining o‘zgarishi

    Xizmat muddatining oxiri-gacha o‘z natu-ral shaklini saq-lab qoladi

    Natural shaklini saqlab qolmaydi.
    O‘zining jismoniy shaklini, ko‘pincha moddiy tarkibini ham bir yo‘la o‘zgartiradi

    Sanoatning asosiy fondlari mehnat vositalari bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta qatnashadi va sekin-asta emirilgan sayin o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi hamda o‘z natural shaklini saqlab qoladi. Xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan mehnat vositalari asosiy fondlarga kiritilmaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini tayyor mahsulotga to‘la-to‘kis o‘tkazadi hamda o‘zining moddiy shaklini batamom o‘zgartiradi.


    Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy xolatini yo‘kotmaydi xamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotlarga qismlab o‘tqazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
    Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi.

    Download 80,07 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 80,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: Korxonaning asosiy fondlari Reja

    Download 80,07 Kb.